$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Noqonuniy Iphonelar savdosi

iphone

Hujjatlari bo'lmagan telefonlar savdosi oldi olindi. Ulardan 45 tasi Iphone bo'lgan.

Hamkorlikdagi tezkor tadbirlar

Bojxona organlari tomonidan tovarlarni chet davlatlaridan noqonuniy olib kirilishi va savdoga chiqib ketishining oldini olish maqsadida hamkorlikdagi tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Farg'ona viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo'limi xodimlari va Namangan bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorlikda tezkor "ov" tadbiri o'tkazdilar.

Unda fuqaro boshqaruvidagi "nexia" rusumli avtomobil vositasi kuzatuvga olinib, Namangan viloyati Namangan shahri hududida to'xtab turgan paytida ushlanib, xolislar ishtirokida ko'zdan kechirildi.

Hujjatsiz o'nlab telefonlar 

Avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona tekshiruvidan o'tganligi haqidagi hujjatlari bo'lmagan telefonlar borligi aniqlangan. Uyali aloqa vositalarining umumiy qiymati 292 million ekanligi aniqlangan.

Bu 3 turdagi telefonlarning rusumi qanday edi?!

Ularning 45 tasi Iphone, 9 dona Samsung va 1 dona LG rusumli jami 55 dona qo'l telefonlari bo'lgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat