Trillionlab investitsiyalar
Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi qanchani tashkil etganligi ochiqlandi.
1 daqiqa o‘qiladi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi qanchani tashkil etganligi ochiqlandi.
Investitsiya hajmi qanchani tashkil etdi?!
Statistika agentligining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 107,1 trillion so‘mni tashkil etgan.
Bu kapitalning esa katta qismini tashqi kapital tashkil etgan. Oxirgi oylarda o‘tkazilgan biznes va xalqaro kelishuvlar ham bunga yaxshigina ta’sir qilganligi aniq.
Barcha kapitalning 68,9% qismi tashqi kapitalga to‘g‘ri kelgan.
Bunda eng ko‘p investitsiya kiritgan davlatlar
— Xitoy – 23 %
— Rossiya – 13,8 %
— Turkiya – 8,5 %
— Saudiya Arabistoni – 7,2 %
— BAA – 4,8 %
— Germaniya – 3,8 % bilan eng katta investitsiyalarni kiritgan.
Yillar kesimida investitsiyalar hajmi qanday o‘zgargan?!
2020-yilda 38,9 trillion so‘m, 2022-yilda 53,9 trillion so‘m 2024-yilda esa 107,1 trillion so‘mga yetkazildi.
Viloyatlar kesimida esa Toshkent shahri umumiy investitsiyaning 17 trillion so‘mni, Toshkent viloyati 13,8 trillion so‘m, Buxoro viloyati esa 10,6 trillion so‘mni tashkil etgan.



