$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Parkent, Nurobod tumanlariga sel keldi: Qozog‘istondagi holat bizda ham takrorlanadimi?

sel toshqin jala Foto: Gazeta.uz

Gidrometeorologiya markazi 16-17-aprel kunlari kuchli yogʻingarchilik ortidan Respublikaning koʻplab hududlariga sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Sel kelishi mumkin boʻlgan hududlar

▪️Qashqadaryo: Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;

▪️Surxondaryo: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobod tumanlarida;

▪️Samarqand: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

▪️Navoiy: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

▪️Jizzax: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

▪️Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

▪️Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

▪️Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

▪️Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida.

Sel nima?

Sel – tog‘ vodiylari, soylar va jarliklardan oqib keladigan, katta vayronagarchiliklarga sabab boʻluvchi qisqa muddatli loyqa va loyqatosh aralash kuchli suv oqimidir. Shuningdek, sel oqimlari kichik daryo va soylarda ham qorlarning jadal erishi, kuchli jala yog‘ishi oqibatida sodir bo‘lishi mumkin.

Sel 85% holatda jala yogʻishidan yuzaga keladi

 Sel oqimlari 85% holatlarda jala yog‘ishi, 4 % holatlarda tog‘ qorlarining erishi, 1.3 % holatlarda tog‘ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv havzalarining o‘pirilishi natijasida yuzaga kelishi mukin.

Sel kelishi xavfi tugʻilganda beriladigan tavsiyalar

Sel xavfi mavjud hudularda aholiga quyidagilar tavsiya etiladi.

 1.   Toshqin, sel va koʼchki xavfi mavjud hududlarda yashaydigan fuqarolarimiz Uzgidromed, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati, FVV va mahalliy hokimliklar vakillari orqali oʼzi yashaydigan uyning sel kelish, toshqin va koʼchki xavfi mavjud hududda ekanligi boʼyicha maʼlumotlarga ega boʼlishi hamda ularning tavsiyalariga qatʼiy amal qilishi lozim.

 2.   Toshqin, sel va koʼchki xavfi insonlarning hayoti, sogʼligi va moddiy boyliklarga xavf tugʼdirishini doim yodda tutish kerak.

 3.   Sel oqimlarida yashash joylaridan faqat qochib qutilish mumkin, sel oqimi juda tez shakllanishi sababli, turli balandliklar, tepaliklar yoki daraxtlarga chiqib saqlanish mumkin. Uning davomiyligi 3-5 soatgacha yetishi mumkin.

 4.   Аdirliklar, togʼ yon bagʼirlarini oʼzboshimchalik bilan yerlarni oʼzlashtirishmaslik, u yerlarda agrotexnik tadbirlar qoidalarini buzmaslik lozim.

 5.   Sel omborlari, sel yoʼllari va koʼchki xavfli hudularda uy-joy va boshqa obyektlarni qurilishiga yoʼl qoʼymaslik kerak.

 6.   Hududlarda irrigatsiya tizimlari obyektlari, sel omborlari va boshqa suv tizimi obyektlaridan qonunga xilof ravishda suv olish yoki boshqa maqsadlarda dambalariga zarar yetkazmaslik lozim.

 7.   Sel xavfi eʼlon qilinganda imkon boricha mazkur hududlarga dam olish va boshqa maqsadlarda harakatlanmaslik.

 8.   Аholi xonadonlari va uylarida mavjud suv oʼtkazgichlarni doimo tozalab, shay holatda saqlanishiga eʼtibor qaratish.

 9.    Sel oqimlari yoʼlida oʼzboshimchalik bilan daraxtzorlar tashkil etmaslik.

 10. Sel xavfi mavjud hududlarda bolalar va qariyalarni qarovsiz qoldirmaslik lozim. 

May oyida sel xavfi kuchliroq

Koʻp yillik kuzatishlar natijasida Oʻzbekistonda sel kelishi ehtimoli aprel-iyun oylarida boʻlishi qayd qilingan. Sel xavfi hodisalari aprel oyida 30%, may oyida 36%, iyun oyida 14% ni tashkil qiladi.