$
 12938.11
18.11
 14076.66
-25.52
 149.99
0.47
weather
+26
Кечаси   +14°

Britaniyaliklar insondan aqlliroq bo‘lgan sun’iy intellekt modeli ishlab chiqarilishiga qarshilik qilishmoqda

intellekt

TIME nashrining xabar berishicha, AQSh vitse-prezidenti JD Vens, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, OpenAI bosh direktori Sem Altman va Google rahbari Sundar Pichai – kelasi hafta Parijda sun’iy intellekt sohasidagi tezkor taraqqiyotni muhokama qilish uchun uchrashishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, Britaniyada bu boradagi jamoatchilik fikri salbiy. Ular sun’iy intellekt tizimlarining xavfsizligi bo‘yicha jiddiy xavotirga tushayotganliklarini bildirgan.

So‘rovnoma

Britaniyaning YouGov kompaniyasi tomonidan Control AI nodavlat tashkiloti topshirig‘iga binoan  SI bo‘yicha yangi so‘rovnoma o‘tkazildi. O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra:

87% britaniyaliklar tizimning xavfsizligini isbotlovchi me’yor ishlab chiqilishini xohlaydi.

60% odam esa insondan aqlliroq sun’iy intellekt modellarini yaratishni taqiqlash tarafdori.

Respondentlarning faqatgina 9% SI nazorati masalalarini texnogigantlarga topshirish mumkin deb hisoblaydi.

Sun’iy intellektga oid xavotirlar kuchaygan

Yuqoridagi natijalar sun’iy intellekt tizimlarining odamlar orasida xavotirlarning kuchayib borayotganini ko‘rsatadi. Insonlar kelajakda SI o‘zlaridan ham aqlliroq bo‘lib, insonlarni nazoratga olishi mumkinligidan xavotirda. Hozircha bunday texnologiya mavjud emas, biroq OpenAI, Google, Anthropic va Meta kabi yirik sun’iy intellekt kompaniyalari aynan shunday tizimlarni yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ba’zi texnologiya rahbarlari bunday tizimlar bir necha yil ichida, hatto undan ham oldinroq paydo bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Tadqiqot natijalari AQShda o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlarga o‘xshash bo‘lib, jamoatchilik fikri bilan hukumatningbu boradagi fikrlari farqli ekanligini ko‘rsatmoqda.

Britaniyada sun’iy intellektga oid qonun qabul qilinmagan

Britaniyada qonunchiligida hanuz sun’iy intellekt nazorati va me’yorlariga asoslangan biror qonun yoki hujjat qabul qilinmagan. Leyboristlar partiyasi 2024-yilgi umumiy saylov oldidan sun’iy intellekt bo‘yicha yangi qoidalarni joriy etishga va’da bergan bo‘lsa-da, biroq ular hokimiyatga kelgach, bu boradagi qonun loyihasi bir necha bor kechiktirilgan va qabul qilinmagan.

Yangi qonunlarga chaqiriq

So‘rov natijalari bilan birga Britaniyaning ikki asosiy siyosiy partiyasidan 16 deputat tomonidan imzolangan bayonot ham e’lon qilindi. Unda hukumatni sun’iy intellekt bo‘yicha yangi qonunlarni ishlab chiqishga, xususan, insondan aqlliroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan “superintellekt” tizimlarini nazorat qilish uchun maxsus tartib-qoidalar joriy etishga chaqirildi.

“Jamoatchilikka ularga ko‘maklashadigan tizimlar kerak, ularning o‘rnini bosadigan emas”

“Jamoatchilikka ularga ko‘maklashadigan tizimlar kerak, ularning o‘rnini bosadigan emas”, — deydi Control AI ijrochi direktori Andrea Miotti. “Biz ong tizimlari xavfsiz ekanligini isbotlanmay turib, ularga intilishimiz va yaratishimiz mumkin emas.”

Endi SIdan foydalanish masalasi tez-tez kun tartibiga chiqadigan ko‘rinadi. Deep Seek keysi esa mamlakatlar kelgusida yadro emas, SI bilan qurollanish poygasiga o‘tishi ehtimoli borligini ko‘rsatmoqda.