Kim eng zukko? Intellektual olimpiada g‘oliblari aniqlandi
18-dekabr kuni Toshkentda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada yakunlandi.
1 daqiqa o‘qiladi

18-dekabr kuni Toshkentda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada o‘yinlari yakunlandi. Tanlov Prezidentning 2022-yildagi “Zakovat” intellektual o‘yinini ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish haqidagi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
Qamrov va miqyos
Olimpiadada respublika bo‘ylab 132 ta OTMdan 1 056 nafar talaba ishtirok etdi. Hududiy saralashlardan so‘ng 50 ta OTM va 550 nafar talaba final bosqichiga yo‘l oldi. Respublika bosqichi 15–18-dekabr kunlari poytaxtda bo‘lib o‘tdi.
G‘oliblar va sovrin jamg‘armasi
Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi — 5,4 mlrd so‘m. Shundan 4,5 mlrd so‘m Prezident sovg‘asi sifatida umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan OTMlarga topshirildi:
- 1-o‘rin — O‘zbekiston Milliy universiteti (2 mlrd so‘m)
- 2-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti (1,5 mlrd so‘m)
- 3-o‘rin — Fan va texnologiyalar universiteti (1 mlrd so‘m)
Yo‘nalishlar
Final bosqichida talabalar “Zakovat”, “Breyin-ring”, “Erudit-kvartet”, shaxsiy o‘yin, shaxmat va shashka bo‘yicha bellashdi. Har bir yo‘nalishda g‘oliblarga 10 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha mukofotlar topshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlar
“Zakovat” g‘oliblari magistraturaga imtihonsiz qabul qilinadi, bir yil davomida maxsus stipendiya oladi. Shuningdek, xorijda stajirovka, malaka oshirish yoki PhD dasturlarida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.



