$
 12931.94
-8.17
 14107.45
51.9
 150.18
4.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Insult kasalligini tezkor aniqlash usuli topildi

insult

Insult kasalligini tezkor aniqlash ususli topildi. Yangi diagnostika usuli bemorni shifoxonaga olib borgunga qadar insult kelib chiqishiga qon quyilishi yoki qon ivishi sabab bo‘lganini zudlik bilan aniqlash imkonini beradi.

 Insult qanday kechadi?

Insult — miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi bilan kechadigan xavfli kasallik. U o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriligi bo‘yicha dunyoda yurak-qon tomir va onkologik xastaliklardan keyingi o‘rinda turadi.

Bu patologiyaning ikki turi mavjud — ishemik va gemorragik. Ishemik insult miyadagi qon tomiriga tromblar tiqilib qolishi, gemorragik turi esa miyaga qon quyilishi bilan farqlanadi.

Tibbiy amaliyotda kasallikni tashxislashda asosan kompyuter tomografiyasi va magnit-rezonans tomografiya (MRT) texnologiyalaridan foydalanadi. Bu esa ma’lum vaqtni talab etadi.

Yangi usul bemorda insult qay yo‘l bilan sodir bo‘lganini aniqlab beradi

Buyuk Britaniya olimlari tomonidan qondagi GFAP oqsili konsentratsiyasi yordamida insult kasalligi turini tezkor aniqlovchi tibbiy tahlil usuli yaratildi. Ushbu tadqiqot natijalari Amerika yurak kasalliklari assotsiatsiyasi saytida e’lon qilindi.

 Qayd etilishicha, ushbu yangi diagnostika usuli bemorni shifoxonaga olib borgunga qadar insult kelib chiqishiga qon quyilishi yoki qon ivishi sabab bo‘lganini zudlik bilan aniqlash imkonini beradi.

Tadqiqot davomida miyaga qon quyilishi qayd etilgan bemorlarda GFAP darajasi qon ivishi tufayli kelib chiqqan insultni boshdan kechirganlarga nisbatan qariyb yetti baravar yuqori bo‘lishi o‘rganildi.

Tahlil javoblari bir necha daqiqada tayyor bo‘ladi

E’tiborli jihati, yangi tashxis usulini bemor gospitalizatsiya qilinishidan avval qo‘llash mumkin. Tahlil javoblari bir necha daqiqada tayyor bo‘ladi.

Bu esa tegishli muolajalarni tezkor ravishda boshlash va bemor hayotini saqlab qolish hamda kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini beradi.