Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 72 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +8°
Читать на русском

Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi

Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini mazkur institutda davom ettiradi.

2 daqiqa o‘qiladi

Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-396-son, 18.11.2024) qabul qilindi.

Texnik kadrlar ehtiyojini qoplashga boʻlgan qadam

Qarorga koʻra, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.

Avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, toʻqimachilik, muhandislik, qurilish va boshqa sanoat sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar tayyorlash Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

Xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi

2025/2026-oʻquv yilidan boshlab:

— energetika muhandisligi, sunʼiy intellekt, mexatronika va robototexnika kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash hajmi oshiriladi;

— talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichi va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;

— talabalarga oʻqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʻyicha barcha zarur xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi;

— bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlarda darslarni xorijiy tillarda oʻtkazish belgilandi.

Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Institutda davom ettiradi.

Bitiruvchi kurs talabalariga 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab Institut diplomi beriladi.