Instagram ayrim videolarni sifatini pasaytirmoqchi
Ko‘plab fodalanuvchilar buni mashhur va yangi boshlagan ijodkorlar o‘rtasidagi farqni kuchaytirishi mumkin deb hisoblamoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Instagram'dagi videoning ommabopligi uning haqiqiy sifatiga ta’sir qilishi mumkin. Bu haqda Adam Mosseri Threads'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Bu yangilik emas
Uning so‘zlariga ko‘ra, ommabop videolar yuqoriroq sifatda, kamroq ommabop videolar esa pastroq sifatda ko‘rsatiladi. “Techcrunch” nashrining yozishicha, u mutlaqo yangi ma’lumot emas. “Meta” o‘tgan yili mashhurligiga qarab turli xil videolar uchun turli xil kodlash konfiguratsiyalaridan foydalanish haqida yozgan.
“Aqldan ozgan” yondashuv
Ammo kimdir Mosserining videosini “Threads"da baham ko‘rganidan so‘ng, ko‘pchilik foydalanuvchilarda savollar va tanqidlar paydo bo‘ldi, ulardan biri kompaniyaning yondashuvini “haqiqatan ham aqldan ozgan” deb ta’rifladi.
Muhokama Mosserini batafsilroq ma’lumot berishga undadi. Birinchidan, uning tushuntirishicha, bu qarorlar “individual emas, balki umumiy darajada” qabul qilinadi, shuning uchun bu alohida tomoshabinning ishtiroki u uchun ijro etilayotgan videoning sifatiga ta’sir qiladigan vaziyat emas.
Bu yangi instagramer'lar uchun qiyinchilikmi?
Ba’zi foydalanuvchilar ushbu yangilikni tanqid qildi. Ular buni mashhur va yangi boshlagan ijodkorlar o‘rtasidagi farqni kuchaytirishi mumkin deb hisoblamoqda. “Biz ijodkorlar uchun yuqori sifatga ustunlik beramiz, bu esa ko‘proq tomoshalarni jalb qiladi”, — deya qo‘shimcha qildi Mosseri.



