2024-yilda necha nafar fuqaroga psixologik yordam ko‘rsatildi?
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridan eng ko‘p tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning farzandlari yordam olgan.
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bo‘yicha faoliyat yuritayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari psixologlarining 2024-yilning 10 oyi davomida 32 mingdan ortiq fuqaroga yordam ko‘rsatganini ma’lum qildi. Ushbu markazlar aholining turli qatlamlariga psixologik qo‘llab-quvvatlash taqdim etmoqda, shu bilan birga, ularning har bir hududda ko‘rsatilgan xizmatlar soni taqdim etildi.
Hududlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni
• Namangan – 3 405 nafar
• Samarqand – 3 362 nafar
• Xorazm – 3 344 nafar
• Farg‘ona – 3 256 nafar
• Qashqadaryo – 2 730 nafar
• Andijon – 2 457 nafar
• Qoraqalpog‘iston – 2 414 nafar
• Sirdaryo – 2 326 nafar
• Toshkent viloyati – 2 134 nafar
• Buxoro – 2 083 nafar
• Surxondaryo – 1 671 nafar
• Navoiy – 1 319 nafar
• Toshkent shahri – 1 201 nafar
• Jizzax – 1 018 nafar
Aholi toifalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish
Psixologik xizmatlardan turli toifalarga mansub fuqarolar foydalangan. Jumladan:
• Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning farzandlari – 9 861 nafar
• Nogironligi bo‘lgan shaxslar – 3 418 nafar
• Kam ta’minlangan oilalar – 5 487 nafar
• O‘zgalarga parvarishga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar – 2 822 nafar
• O‘z joniga qasd qilish bo‘yicha murojaatlar – 316 nafar
• Yetim bolalar va ota-onasiz qolganlar – 1 106 nafar
• Boshqa toifadagi shaxslar – 9 251 nafar
Psixologik yordam olganlar yosh bo‘yicha taqsimoti
• 1-10 yosh – 1 702 nafar
• 11-15 yosh – 2 336 nafar
• 16-17 yosh – 2 442 nafar
• 18-30 yosh – 6 460 nafar
• 31-40 yosh – 8 753 nafar (eng yuqori ko‘rsatkich)
• 41-50 yosh – 5 411 nafar
• 51-60 yosh – 3 173 nafar
• 60 yoshdan yuqori – 2 446 nafar
Jins bo‘yicha taqsimot
• Ayollar – 26 814 nafar
• Erkaklar – 5 909 nafar
“Inson” markazlari psixologlari insonlarga stress va depressiya holatlaridan chiqishda ko‘maklashadi, salbiy his-tuyg‘ularni ijobiy holatga o‘zgartirishga, shuningdek, ichki resurslarini aniqlab, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, shaxsiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va iroda ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi.



