Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 95 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +9°

Oziq-ovqatlar o‘rtacha 2,0 foizga arzonlagan

May oyi uchun inflatsiya darajasi e’lon qilindi.

1 daqiqa o‘qiladi

Oziq-ovqatlar o‘rtacha 2,0 foizga arzonlagan

Statistika agentligi may oyi uchun inflyatsiya darajasini e’lon qildi.

2,8 foizlik o‘sish

Unga ko‘ra, 2024-yilning may oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 2,8 foizga oshgan.

Yillik o‘sish darajasi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, iste’mol sektoridagi narxlarning yillik (2023-yil may oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,6 foizga yetgan.

Iste’mol narxlari indeksi

2024-yilning may oyida iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 2,0 foizga arzonlashgan, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 15,2 foizga oshgani kuzatilgan.

Hisob-kitobda nimalar kuzatilgan?

Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obektlarida 120 mingdan narxlar qayd etilgan.

420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.