Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +8° kechasi +6°

Oktyabr oyida iste’mol narxlari 0,8 % ga oshdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,1 %, nooziq-ovqat tovarlari 0,7 % va aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar narxlari 0,8 % ga oshgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Oktyabr oyida iste’mol narxlari 0,8 % ga oshdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning oktyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,8 % ga oshgan.

Yillik inflyatsiya 10,2 % ga yetdi

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik (2023-yil oktyabr oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,2 % ga yetgan. 2024-yilning oktyabr oyida iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,1 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,7 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,8 % ga oshgani kuzatilgan.

Kuzatuvlar

Ushbu hisob-kitoblar 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 120 mingga yaqin narxlarni kuzatish orqali amalga oshirilgan. Jami 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 90 turdagi xizmatlar narxlari qayd etilgan.