$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

InfinBANKning yangi ofisi: yangicha uslub va qulay sharoitlar

i 4 19

InfinBANK xodimlari, mijozlari va hamkorlari uchun muhim voqea — Toshkent markazida bankning yangi ofisi oʻz faoliyatini boshlamoqda.

Ochilish marosimi

InfinBANKʼning barcha xodimlari va mijozlari uchun muhim boʻlgan ushbu ochilish tadbirida bank rahbariyati, hamkorlar, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

— InfinBANKʼning yangi binosini loyihalash va qurish uchun koʻp vaqt kerak boʻldi. Biz hamma narsani eng mayda detallarigacha oʻyladik. Bunda bizning asosiy vazifamiz mijozlar va xodimlarning qulayligi haqida gʻamxoʻrlik qilish edi. Ayni damda bizning yangi ofisimiz bank sektori uchun qiziqarli va yangicha xizmatlar — mijozlar uchun kutish joylari, xodimlar uchun Open Space tizimini taqdim etadi”, — dedi InfinBANK boshqaruvi raisi Olga Numanova.

Qulay joylashuv va zamonaviy markaz

Yangi InfinBANK ofisi mijozlarning barcha ehtiyojlari va talablarini inobatga olgan holda yaratilgan zamonaviy va funksional markaz hisoblanadi. InfinBANKʼning ushbu binosi poytaxtning Mustaqillik shohkoʻchasi17B-uy manzilida joylashgan.

Yangi bino 22-apreldan oʻz faoliyatini boshlaydi

InfinBANK jamoasi mijozlarni bank bilan oʻzaro munosabatlarning barcha jabhalarida maksimal qulaylik va shart-sharoitlar bilan taʼminlashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan. 22-apreldan boshlab yangi olti qavatli binoning eshiklari barcha mijozlar uchun ochiq boʻladi.

Binoning tuzilishi

Binoning birinchi qavatida bankning operatsion markazi joylashgan. Qavat ikki qismga — yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish boʻlimlariga boʻlingan. Binoning ikkinchi qavatida InfinBANK bosh ofisi va beshinchi qavatda barcha zarur ashyolar bilan jihozlangan keng majlis zallari mavjud boʻlgan rahbariyat xonasi joylashgan.

Xodimlar uchun barcha sharoitlar mavjud

Oltinchi qavat barcha bank xodimlari uchun sevimli joyga aylanadi. Chunki, bu yerda shaharning goʻzal manzarasi koʻrinib turadigan katta restoran mavjud. Shuningdek, xodimlar tanaffus paytida dam olishlari mumkin boʻlgan keng ayvondan ham qurilgan. Bundan tashqari, xodimlar har safar qahva yoki choy ichish uchun oltinchi qavatga chiqishlari shart emas, sababi binoning har bir qavatida har bir qavatda ichimliklar (choy, kofe va hokazo) tayyorlash mumkin boʻlgan burchaklar mavjud.

Open Space xizmati

Ilgari har bir boʻlimda qandaydir yopiqlik muhiti bor edi, chunki barcha bank boʻlimlari kabinetlar boʻyicha taqsimlangan. InfinBANKʼning yangi binosini loyihalashda Open Space amaliyotini qoʻllashga qaror qilindi. Bunday yondashuv xodimlar osongina muloqot qilishlari, bir-birlari bilan erkin bogʻlana olishlari hamda gʻoya va fikr almashishlari mumkin boʻlgan muhitni yaratadi. Bu hamkasblar oʻrtasida yanada ochiq va samarali muloqotni ragʻbatlantiradi, shuningdek, rahbariyatning ishchilardan xabardor boʻlib turish imkoniyatlarini oshiradi. Yangi oʻzgacha muhit, shuningdek, bank ofislari uchun ayniqsa muhim boʻlgan ish joylaridan yanada samarali foydalanish imkonini beradi.

Yangi bino — yangi ufqlar

Loyihalash va qurilishdan tortib xodimlarni koʻchirish va ofis ochilishigacha boʻlgan butun jarayon InfinBANKʼning ishonchli tarzda rivojlanayotganidan dalolat beradi. Bino bankning barcha maqsadlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda qurilgan.

Poytaxt markazidagi yangi ofis nafaqat bino, balki amnistiyalar, oʻsish va eng yaxshi bank xizmatlarini koʻrsatishga sodiqlik ramzidir. Bino loyihasi mijozlar va xodimlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Chunki InfinBANK rahbariyati uchun bankning barcha gʻoyalari va maqsadlarini oʻzida mujassam etgan oʻziga xos makon yaratish muhim edi.

Mijozlar uchun qulayliklar

InfinBANK jamoasi yaqin kelajakdagi rejalari bilan oʻrtoqlashdi. Jumladan, bank yuridik va jismoniy shaxslar uchun oʻz mobil ilovalarida yangi oʻzgarishlarni kiritishini, mijozlarga masofaviy xizmat koʻrsatish maksimal darajada qulay va oson boʻlishi, yuridik shaxslar uchun yangi xizmatlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi, aholi uchun kredit va depozitlar boʻyicha yanada qulay shartlarni ishlab chiqish rejalashtirilgani aytib oʻtildi