Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +6°

2024-yilda O‘zbekiston Ayollar, biznes va huquq indeksida eng katta muvaffaqiyatlarga erishgan 5 ta davlat qatoriga kirdi

Jahon banki 2019-2024-yillarda O‘zbekistonning “Ayollar, biznes va huquq” WBL indeksini tahlil qilib, hisobot natijalarini e’lon qildi.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yilda O‘zbekiston Ayollar, biznes va huquq indeksida eng katta muvaffaqiyatlarga erishgan 5 ta davlat qatoriga kirdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan Jahon bankining 2019-2024-yillar uchun “Ayollar, biznes va huquq” WBL indeksi tahlil qilinib, O‘zbekiston uchun huquqiy rejimdagi gender farqlari ko‘rsatkichlarining 6 yil davomida o‘zgarishi dinamikasi o‘rganib chiqildi.

Markaziy Osiyoda eng yaxshi natija

Unga ko‘ra, Jahon bankining “The Women, Business and the Law Index” (WBL) indeksi O‘zbekiston uchun ustuvorlik kasb etgan xalqaro reytinglar ro‘yxatiga kiritilgan.

2024-yilda reytingdan ikkita yangi ko‘rsatkich joriy etildi:

zo‘ravonlikdan xavfsizlik;

bolalar parvarishi xizmatlaridan foydalanish imkoniyati.

O‘zbekiston bu borada Markaziy Osiyoda eng yaxshi natijalarni ko‘rsatdi.

2024-yilda O‘zbekiston eng katta muvaffaqiyatlarga erishgan 5 ta davlat qatoriga kirdi.

Ta’tilning amaldagi tizimi ayollarni ish bilan ta’minlanishini qiyinlashtirmoqda

Shuningdek, 2022-yildan 2023-yilgacha 4 ta islohot amalga oshirilgan bo‘lib, ular ikkita ko‘rsatkich: “mehnat qilish” va “nikoh”ga ta’sir ko‘rsatdi, bu esa reytingda 11,9 punktga – belgilangan 100 balldan 82,5 ballgacha ko‘tarilishiga olib keldi.

2024-yilda “zo‘ravonlikdan xavfsizlik” va “bolalar parvarishi” deb nomlangan ikki yangi ko‘rsatkich kiritilib, O‘zbekiston xavfsizlik va oilalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini tan olishini ko‘rsatadi, biroq bu yo‘nalishlardagi vaziyat hali ham yaxshilanishni talab qiladi.

Shuning bilan birga, onalikni muhofaza qilish va bola parvarishi bo‘yicha ta’tilning amaldagi tizimi ayollarning ish bilan ta’minlanishini qiyinlashtirib, ularni uch yilgacha ta’tilda qolishga majbur qilmoqda, bu esa ularning malakasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.