$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

8 oy davomida UzAuto Motors 25 mln. dollardan ortiq imtiyozlardan foydalangan

imtiyoz

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Soliq va Bojxona qoʻmitalari tomonidan ochiq e’lon qilingan ma’lumotlar asosida soliq toʻlovchilarning 2024 -yil 1-yarim yillik yakuni boʻyicha soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish holatlarini tahlil qildi.

Davlat byudjeti daromadlari va xarajatalari

Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2024-yil 1-yarim yillik ijrosi yuzasidan hisobotiga muvofiq ushbu davrda davlat byudjeti daromadlari 121 trln. so‘mni, xarajatlar esa 149,8 trln. so‘mni tashkil etgan.

Daromadlar bo‘yicha Soliq qo‘mitasi tomonidan 89,5 trln. so‘m (74%), Bojxona qo‘mitasi tomonidan 29,4 trln. so‘m (24,3%) tushumlar ta’minlangan bo‘lib, boshqa daromadlar va soliq bo‘lmagan tushumlar 16,3 trln. so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘idan manfiy farqni qoplash ham cash-back uchun 14,2 trln. so‘m pul mablag‘lari qaytarib berilgan.

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari 147,2 trln. so‘mni va xarajatlari 173,6 trln. so‘mni tashkil etgan holda, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari taqchilligi 26,3 trln. so‘mni yoki YAIMga (yillik prognoz ko‘rsatkichi) nisbatan 1,9 foizni tashkil etgan.

Korxona va tashkilotlar ixtiyoriga qoldirilgan 63,4 trln. so‘m mablag‘

2024-yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha foydalanilgan umumiy soliq va bojxona imtiyozlari qiymati 63,4 trln. so‘mni (2023-yilda 127,1 trln. so‘m) tashkil etgan.

Ya’ni davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va berilgan imtiyozlar natijasida 63,4 trln. so‘m mablag‘ korxona va tashkilotlar ixtiyoriga qoldirilgan.

Soliq imtiyozlari

Joriy yilning dastlabki 6 oyi davomida 132.059 ta tashkilot tomonidan soliq imtiyozlaridan foydalanilgan bo‘lib, imtiyoz summasi 39,0 trln so‘mni tashkil etgan.

Qo‘llanilgan soliq imtiyozlarining 82,2 foizi yoki 32,1 trln.so‘mi qo‘shilgan qiymat solig‘i (16 trln.so‘mi QQSdan nol darajali stavka) hisobiga to‘g‘ri keladi.

Soliq imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar soni imtiyoz summasi kesimida:

1 mlrd. so‘mgacha - 129.460 ta;

1-100 mlrd. so‘mgacha - 2.560 ta;

100 mlrd. so‘m –1 trln. so‘mgacha - 36ta;

1 trln. so‘mdan ortiq bo‘lgan imtiyozdan foydalanganlar soni 3 tani tashkil etadi.

Eng yirik imtiyozdan foydalangan tashkilotlar

Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ hamda bank-moliya tashkilotlaridan tashqari eng yirik imtiyozdan foydalangan tashkilotlar quyidagilar:

“UZBEKISTAN AIRWAYS” AJ - 881,4 mlrd. so‘m;

“COINPAY” MCHJ – 642,7 mlrd. so‘m;

“NAVOIYURAN” DK- 581,4 mlrd. so‘m;

“O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” AJ – 529,6 mlrd. so‘m;

“ASIA TRANS GAS” MCHJ – 453,7 mlrd. so‘m;

“UZAUTO MOTORS” AJ - 281,8 mlrd. so‘m;

“UZ-KOR GAS CHEMICAL” MCHJ QK – 224,3 mlrd. so‘m;

“KOBEA GROUP” MCHJ XK – 218,7 mlrd. so‘m;

“YAGONA UMUMRESPUBLIKA PROTSESSING MARKAZI” AJ-145,7 mlrd. so‘m;

“UZBEKISTAN AIRPORTS” AJ – 145,1 mlrd. so‘m;

“GRAND PHARM TRADE” MCHJ – 143,1 mlrd. so‘m;

“O‘ZBEKTELEKOM” AJ – 131,2 mlrd. so‘m;

“TOSHKENT KIMYO XALQARO UNIVERSITETI” MCHJ - 126, 6 mlrd. so‘m;

“O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ- 121,4 mlrd. so‘m;

“PROCAB” MCHJ QK – 117,8 mlrd. so‘m;

“ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT XALQARO AEROPORTI” MCHJ - 116,9 mlrd. so‘m;

“AIR PRODUCTS NETHERLANDS GASES BV” DM- 111,3 mlrd. so‘m.