$
 12314.71
60.44
 14579.39
62.98
 148.26
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir oiladan ikki va undan ortiq farzand bog‘chaga borsa, to‘lov uchun imtiyoz beriladimi?

bog

O‘zbekistonda 3 million nafarga yaqin 3—7 yoshli bola bor. Ularni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 74 foizni tashkil qiladi. Mamlakatda bu ko‘rsatkichni 2026-yilgacha 80 foizga, 2030-yilga borib, 100 foizga yetkazish reja qilingan.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni bolalarni jismonan rivojlantirish, ularning nutqi va tafakkurini rivojlantirish hamda ma’nan rivojlantirish kabi uch bosqichda amalga oshiriladi. 

Bog‘cha to‘lovi bo‘yicha kimlarga imtiyozlar bor? 

Ma’lumki, belgilangan tartibga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotiga boradigan bolalar uchun ularning ota-onalari tomonidan badal to‘lovi amalga oshiriladi. 

Xo‘sh, bir oiladan ikki va undan ortiq farzand bog‘chaga borsa, bog‘cha to‘lovlari uchun imtiyoz beriladimi? 

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida 2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining yangi miqdorlari belgilangan. Davlat maktabgacha tashkilotiga bir oiladan boradigan bir nafar bola uchun alohida, ikki va undan ortiq bolalar uchun alohida ota-onalar to‘lovi belgilangan. 

Bu tartibni poytaxtimiz misolida oladigan bo‘lsak, ma’lum bir oiladan davlat maktabgacha tashkilotining 9 soatlik guruhiga boradigan bir nafar bola uchun 272 ming so‘m, o‘sha oiladan aynan shu davlat maktabgacha tashkilotining 9 soatlik guruhiga boradigan ikki va undan ortiq bolalarning har bir uchun 194 ming so‘m to‘lanadi.

Теги :
Jamiyat