Organizmning tabiiy qalqoni: Qanday qilib immunitetni mustahkamlash mumkin?
Immunitet – organizmning infeksiya va bakteriyalarga qarshi tabiiy mudofaa tizimi bo‘lib, tanaga kirgan mikroblar va viruslarni aniqlash va yo‘q qilish vazifasini bajaradi.
2 daqiqa o‘qiladi

Organizmning yaxshi ishlashi, avvalo, to‘g‘ri balansga bog‘liq. Ammo, ba'zi hollarda immunitet pasayib, tana kasalliklarga qarshi kurasholmay qoladi. Buning oldini olish uchun esa bir necha qoidalarga amal qilish zarur. https://t.me/ssvuz/17706
To‘g‘ri ovqatlanish
To‘g‘ri ovqatlanish immunitetni mustahkamlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ayniqsa, S, D, E kabi vitaminlar, omega-3 yog‘ kislotalari va turli minerallar, shuningdek, to‘qimalarga boy oziq-ovqatlar tananing kurashish qobiliyatini oshirib, barqaror faoliyatini ta’minlaydi. Ratsionga sarimsoq, piyoz, sabzi, lavlagi, zangabin, brokolli, na’matak, ko‘katlar, qovoq, olma, tsitruslar, asal, dengiz baliqlari, sut mahsulotlari va yog‘siz go‘sht kabi tabiiy meva-sabzavot va oziq-ovqatlarni kiritish juda muhimdir.
Jismoniy faoliyat
Doimiy harakatda bo‘lish va har kuni ertalab tana tarbiyasini amalga oshirish immunitetni kuchaytiradi. Piyoda yurish, yugurish, velosiped uchish va suzish kabi sport mashg‘ulotlari ayniqsa foydali bo‘lib, organizmning sog‘lom faoliyatini ta’minlaydi.
Toza suv ichish
Suv organizm uchun juda zarur. U tanadan toksinlarni chiqarib, immunitetni mustahkamlashga yordam beradi va tizimga to‘g‘ri foydali ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan tanani zaharlanishdan himoya qiladi. Aksincha, kam miqdorda suv ichish hujayra, to‘qima va organlar faoliyatiga salbiy ta’sir etib, immun tizimining zaiflashishiga olib keladi. Shuning uchun mutaxassislar odam bir kunda har bir kilogramm vazni uchun 40 ml suv ichishni tavsiya etadi.
Yaxshi uxlash
Sifatli va tinch uxlash immunitet tizimini mustahkamlab, organizmning tiklanish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi. Uyqu davomida immun hujayralari samaraliroq ishlaydi, shuning uchun kattalar har kuni o‘rtacha 7-8 soat uxlashi zarur.
Stressdan saqlanish
Davomiy asabiylashish immunitetning pasayishiga olib keladi. Shu bois, ruhiy barqarorlikni saqlash va stressdan qochish immunitetni mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Gigiyenaga rioya qilish
Qo‘llarni tez-tez yuvish va boshqa sanitariya qoidalariga amal qilish, mikrob va viruslardan samarali himoya qilishda katta rol o‘ynaydi. Shuningdek, shaxsiy gigiyena va toza muhitni saqlash ham immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.
Vaksina olish va yomon odatlardan voz kechish
Kasalliklarga qarshi vaksina olish immunitetni mustahkamlashning yana bir usulidir. Shuningdek, zararli odatlardan voz kechish – masalan, tamaki chekish va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish – immunitet tizimining samarali ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, kasalliklarga qarshi vaksina olish, yomon odatlardan voz kechish ham immunitetni mustahkamlaydi.



