Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 67 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +6°

Markaziy Osiyo poytaxtlari orasida qaysi shaharda kvartira ijarasi eng yuqori?

Dushanbe, Toshkent, Bishkek, Astana va Ashxobod shaharlarida bir, ikki va uch xonali kvartiralar ijara narxlari o‘rganildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo poytaxtlari orasida qaysi shaharda kvartira ijarasi eng yuqori?

Asia-Plus nashri Dushanbe, Toshkent, Bishkek, Ostona va Ashxobodda bir, ikki va uch xonali kvartiralarni ijaraga olish narxlarini aniqladi. Buning uchun joriy yilning avgust va sentyabr oylarida ijara saytlarida e’lon qilingan 50 ta e’lon oʻrganildi. Taqqoslash oson boʻlishi uchun narxlar AQSh dollarida keltirildi.

Eng arzon uy ijarasi Turkmanistonda

Markaziy Osiyo poytaxtlari orasida eng arzon uy-joy ijarasi Turkmaniston poytaxti Ashxobodda qayd etilgan. U yerda oʻrtacha 240 dollarga zarur qulayliklarga ega 40 kvadrat metrlik bir xonali kvartirani ijaraga olish mumkin. Ashxobodda ikki xonali kvartirani ijaraga olish oʻrtacha 320 dollar, uch xonali kvartirani ijaraga olish esa 410 dollar turadi.

Dushanbedagi narxlar

Tojikiston poytaxti Dushanbeda bir xonali kvartira ijarasining oʻrtacha narxi hudud va sharoitga qarab oyiga 160 dan 360 dollargacha oʻzgarib turadi. Ikki xonali va uch xonali kvartiralarning ijarasi oʻrtacha 500 dan 700 dollargacha.

Eng yuqori ijara narxlari Ostona va Bishkekda

Eng yuqori ijara narxlari Qozogʻiston poytaxti Ostona va Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda. U erda oʻrtacha bir xonali kvartira ijarasi 440 dan 520 dollargacha, ikki xonali kvartira 670 dan 1520 dollargacha, uch xonali kvartira esa 1140 dan 2130 dollargacha turadi.

Toshkentda vaziyat qanday?

Toshkentdagi ijara narxlari Bishkekdagi narxlarga yaqin. Bu yerda bir xonali kvartirani ijaraga olishning oʻrtacha narxi hudud va sharoitga qarab 420 dollar, ikki xonali kvartira 700 dollar, uch xonali kvartira 1000 dollarni tashkil qiladi.

Narxlarning oshish sababi

Oʻrganish natijalariga koʻra, Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida kuzatilayotgan ijara narxlarining oshishi, birinchi navbatda, aholi va mehmonlar tomonidan talabning ortishi, oʻquv yilining boshlanishi bilan bogʻliqligi ma’lum boʻlgan.