$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

350 dan 1093 AQSh dollarigacha: Toshkentda ijara uylarning narxi qanday?

Kvartira

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. 2024-yilning aprel oyida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari mart oyidagiga nisbatan o‘rtacha 0,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa o‘rtacha 1,12 foizga pasaygan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan qilingan 2024-yilning aprel oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlilida aytib o‘tilgan.

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy ijarasi — 386 dollardan 434 dollargacha

2024-yilning aprel oyida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali turar joy uchun taklif etilgan ijara narxlari mart oyidagiga nisbatan o‘rtacha 1,4 foizga pasayib, 386 AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2 xonali xonadonlar uchun ijara narxlari 0,4 foizga pasaygan va 434 dollargacha tushgan. Shuningdek, o‘rtacha ta’mirlangan 3 va 4 xonali turar joylar uchun ijara narxlari mos ravishda 1,3 foiz va 0,6 foizga pasaygan va o‘rtacha narxlar 507 va 587 dollarni tashkil etgan. 

Nisbatan arzon narxlar qaysi tumanlarda?

O‘rtacha ta'mirlangan uy-joy uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - 350 dollar, 2 xonali - 384 dollar ,3 xonali - 429 dollar, 4 xonali - 441 dollar), Olmazor (1 xonali - 361 dollar, 2 xonali - 408 dollar, 3 xonali - 449 dollar, 4 xonali - 477 dollar) tumanlarida taklif etilgan. Eng qimmat ijara narxlari Shayxontohur (1 xonali - 412 dollar, 2 xonali - 449 dollar, 3 xonali - 524 dollar, 4 xonali - 627 dollar) va Mirobod (1 xonali - 457 dollar, 2 xonali - 518 dollar, 3 xonali - 612 dollar, 4 xonali - 798 dollar) tumanlarida kuzatildi.

To‘liq ta’mirlangan uy-joy ijarasi

Aprel oyida to‘liq ta’mirlangan 1 xonali turar joylar uchun o‘rtacha ijara narxi 467 dollarni tashkil etib, o‘tgan mart oyidagiga nisbatan 0,8 foiz tushgan bo‘lsa, 2 xonali turar joylar uchun ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 631 dollarni va 2,1 foizni tashkil etgan. Shuningdek, 3 xonali turar joylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida (784 dollar) ham biroz (0,4 foiz) pasayish kuzatildi. Shuningdek, to‘liq ta’mirlangan 4 xonali turar joylar o‘rtacha ijara narxlari ham 1,1 foiz tushib, 901 dollargacha pasaygan.

Qayerda eng qimmat?

To‘liq ta‘mirlangan turar joylar uchun eng arzon ijara narxlari Uchtepa (1 xonali - 392 dollar, 2 xonali - 484 dollar, 3 xonali - 619 dollar, 4 xonali - 736 dollar) va Chilonzor (1 xonali - 413 dollar, 2 xonali - 512 dollar, 3 xonali - 652 dollar, 4 xonali - 774 dollar) tumanlarida. Eng qimmat ijara narxlari esa Shayxontohur (1 xonali - 557 dollar, 2 xonali - 846 dollar, 3 xonali - 1069 dollar, 4 xonali - 1068 dollar) va Mirobod (1 xonali - 541 dollar, 2 xonali - 839 dollar, 3 xonali - 1028 dollar, 4 xonali - 1093 dollar) tumanlarida kuzatildi.