$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

291 dan 1278 AQSh dollarigacha: Toshkentda ijara uylarning narxi qancha?

uy-joy xonadon ijara

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning sentyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari tahlil qildi.

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar: Ijara narxlari necha foizga oshdi?

Joriy yilning sentyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi davom etdi. Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan 2,8 foiz, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 1,4 foiz oshdi.

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasiga talabning oshishi bo‘yicha kutilmalar bunday uylarning ijara narxlariga ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, 2024-yilning sentyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxi avgust oyidagiga nisbatan 2,4 foiz, 2 xonali uylar uchun 3,4 foiz, 3 xonali uylar uchun 3,2 foiz, 4 xonali uylar uchun esa 2,1 foiz oshdi.

Qaysi tumanlarda narx qimmat?

O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - 291 AQSh dollari, 2 xonali – 363 AQSh dollari, 3 xonali – 403 AQSh dollari, 4 xonali - 463 AQSh dollari), Olmazor (1 xonali – 306 AQSh dollari, 2 xonali – 362 AQSh dollari, 3 xonali – 426 AQSh dollari, 4 xonali – 503 AQSh dollari) tumanlarida taklif etilgan bo‘lsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 358 AQSh dollari, 2 xonali – 445 AQSh dollari, 3 xonali – 548 AQSh dollari, 4 xonali – 721 AQSh dollari) va Yakkasaroy (1 xonali – 343 AQSh dollari, 2 xonali – 460 AQSh dollari, 3 xonali – 611 AQSh dollari, 4 xonali – 631 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.

To‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi

O‘tgan oyda to‘liq ta’mirlangan xonadonlar toifasida 3 xonali uy-joylarning ijara narxi 0,9 foiz pasaygan bo‘lsa-da, 2 xonali uy-joylarning ijara narxi o‘rtacha 1,1 foiz, 4 xonali uy-joylarning ijara narxi 2,3 foiz hamda 1 xonali uy-joylarning ijara narxi 3,1 foiz oshgan.

Eng arzon ijara narxlari – Sergeli va Uchtepada, eng qimmatlari – Mirobod va Shayxontohurda

To‘liq ta’mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 331 AQSh dollari, 2 xonali – 428 AQSh dollari, 3 xonali – 506 AQSh dollari, 4 xonali – 634 AQSh dollari) va Uchtepa (1 xonali – 393 AQSh dollari, 2 xonali – 453 AQSh dollari, 3 xonali – 538 AQSh dollari, 4 xonali – 717 AQSh dollari) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 474 AQSh dollari, 2 xonali – 678 AQSh dollari, 3 xonali – 967 AQSh dollari, 4 xonali – 1278 AQSh dollari) va Shayxontohur (1 xonali – 442 AQSh dollari, 2 xonali – 708 AQSh dollari, 3 xonali – 1004 AQSh dollari, 4 xonali – 1272 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.

olx.uz ma’lumotlari asosida

Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2024-yilning avgust oyi uchun 52,0 mingta va sentyabr oyi uchun 51,9 mingta ma’lumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi, deyiladi xabarda.