$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Ijtimoiy himoya tizimi 2024-yilda qanday o‘zgarishlar qildi?

ihma

Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2024-yil yakunlari bo‘yicha muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari (POM) va reabilitatsiya vositalari (RTV) bilan ta’minlash tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlar haqida hisobot taqdim etdi. Xoʻsh, yangi tartib tizimga qanday o‘zgarishlar olib keldi?

Yangi qonunchilik hujjatlari

2024-yilda sohaga oid ikkita asosiy hujjat - "Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qaror va Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom qabul qilinib, yangi tartiblarni yo‘lga qo‘yishga imkon yaratdi.  

Yangi tizim asosida protezlar ta’minot muddati 67 kundan 17 kunga, reabilitatsiya vositalarini esa 52 kundan 11 kunga qisqartirishga erishildi.  

Endilikda mahsulotlar turlari 18 tadan 30 taga oshdi, bu esa fuqarolarni yuqori sifatli va keng tanlovdagi vositalar bilan ta’minlash imkonini berdi.  

Davlat mablag‘lari hajmi oshirildi

Mahsulotlar uchun davlat tomonidan qoplab beriladigan mablag‘ miqdori bozor narxlariga mos ravishda o‘rtacha uch baravargacha, ayrim vositalar uchun esa 10 baravargacha oshirildi.  

Tizim ishga tushirilganidan buyon 89 mingdan ziyod voucher shakllantirilib, 53 mingdan ortiq shaxs zarur vositalar bilan ta’minlandi.  

Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar

Platformada 100 dan ortiq tadbirkor 432 turdagi mahsulotni joylashtirdi. Shuningdek, 42 ta tadbirkorga 79,1 mlrd so‘m mablag‘ avtomatik tasdiqlanganidan so‘ng, 10 kun ichida to‘lab berildi.

Теги :
Jamiyat