$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Ten Hag qarshiligi: Husanov dastlab “qizil iblislar” nishonida bo‘lgan

Husanov

Abduqodir Husanovning agenti G‘ayrat Xasbiullin championat.com nashriga bergan intervyusida futbolchiga dastlab “Manchester Yunayted” qiziqqanini ma’lum qildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Manchester Siti” futbolchisi Abduqodir Husanov tarixiy shartnomaga imzo chekkach, uning atrofida sodir bo‘lgan va bo‘layotgan voqealar barchaning diqqat markazida bo‘lib turibdi. Jumladan, unga qaysi jamoalardan taklif va qiziqishlar bo‘lgani ham. Rossiyaning taniqli championat.com veb-nashri futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi agenti G‘ayrat Xasbiullin bilan futbolchi transferiga oid mavzuda suhbatlashdi.

Husanovning ilk talabgori

Futbol agenti futbolchiga bo‘lgan talabgorlar haqida gapirar ekan “Bavariya”dan tashqari Bundesliganing barcha kuchli klublari — “Leypsig”, “Shtutgart”, “Bayer” va “Borussiya Dortmund” ham uni xohlagan. Shuningdek, Italiya jamoalari ham”, deya ta’kidlaydi. Futbolchiga bo‘lgan ilk qiziqish haqida esa quyidagilarni ma’lum qilgan. “MYU”. 2023-yil may oyida skaut Nikolac Chenalli U-20 jahon chempionatida Argentinada edi. O‘zbekistonning ikkinchi o‘yinidan so‘ng u mening kontaktimni topdi va uchrashishni xohladi. U Husanovda “MYU” DNKsi borligini aytdi. Yakunda skaut “MYU”ga batafsil hisobot bergan, ammo mankunianliklarning o‘sha vaqtdagi bosh murabbiyi Erik ten Hag himoyachi jamoaga yordam berishga tayyor emasligini aytgan. Yaqinda biz ushbu skaut bilan gaplashdik. U Husanovning “shaharliklar” safiga qo‘shilgani bilan tabrikladi, ammo uning “Yunayted”ga o‘tmaganidan afsusdaligini aytdi”, — degan agent Gayrat Xasbiullin.

“PSJ” va “Real Madrid” qiziqishi

Avvalroq Daily Mirror jurnalisti Rayan Teylor o‘zbekistonlik 20 yoshli futbolchiga “PSJ” hamda “Real Madrid” ham qiziqish bildirgan, ammo bu klublar “Manchester Siti” bilan transfer kurashiga qo‘shilishni xohlamaganini yozgan edi. Abduqodir Husanov ham uning transferini shaxsan Pep Gvardiola ma’qullaganini bilgach, faqat “Manchester Siti”ga o‘tishni istagan.

Теги :
Jamiyat