$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Humo Air” iste’molchi huquqlarini buzgan

humo air

Bundan bir muddat oldin “Huma Air” aviakompaniyasi mart oyidagi reyslarini bekor qilganligi hamda mijozlarning pullari qaytib berilishi haqida maqola joylagan edik. Antimonopoliya vaziyatni o‘rgandi.

O‘chirib yuborilgan xabar

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi esa ushbu jarayonga rasmiy munosabat bergan. Biroz vaqt o‘tib esa Antimonopoliya qo‘mitasining ijtimoiy tarmoqlaridan mazkur munosabat o‘chirib yuborilgan. Yana bir muddatdan keyin Antimonopoliya qo‘mitasining munosabati qayta joylandi. Unda, “Humo Air” iste’molchi huquqlarini qo‘pol ravishda buzganligini ta’kidlamoqda.

284 ta reys bekor qilingan

Kompaniya aviareyslarini bekor qilganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda aholi o‘rtasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Unda fuqarolar e’tirozlarini bildirib, o‘z murojaatlarini qoldirishgan.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘rganishlar natijasida, haqiqatan ham “Humo Air” tomonidan 2024-yilda 284 ta avia reyslar bekor qilingani va aviachipta xarid qilgan yo‘lovchilar pullarini qaytarib ololmayotganliklari ma’lum bo‘ldi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19 va 21-moddalari talablari buzilishiga olib kelgan.

2000 ta qanoatlantirilgan murojaat

Reyslar bekor qilinganidan so‘ng Aviakompaniyaga bugungi kungacha iste’molchilardan 3000 ta murojaat kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, ulardan 2000 nafar yo‘lovchining murojaati qanoatlantirilib, aviachipta uchun to‘lagan 1 mlrd. 500 mln. so‘m mablag‘ iste’molchilarga qaytarilgan.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, “Humo Air”ning murojaatida pullar 1 oy muddatgacha qaytarilishi aytilgan.

Iste’molchilar talabi

Shuningdek, 6 nafar iste’molchining talabiga ko‘ra, aviakompaniya o‘z hisobidan boshqa aviakompaniyadan 7 mln. 498 ming 758 so‘mga chiptalarni xarid qilib topshirdi. Aviakompaniya tomonidan parvozi amalga oshmagan qolgan yo‘lovchilarga ham pulni qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida

Yuqorida ta’kidlangan qonunning 19-moddasida ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shartligi belgilab berilgan.

Shuningdek, uning 21-moddasiga ko‘ra, sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.

Munosabatga munosabat

Antimonopoliyaning rasmiy munosabatidan so‘ng iqtisodchi Otabek Bakirov “Antimonopoliya to‘satdan ovoz chiqardi” degan asnoda o‘z fikrlarini berib o‘tdi.

Uning fikricha, “Humo Air”ning o‘zboshimcha harakatlari bo‘yicha shu paytgacha Transport vazirligi va “O‘zaviatsiya” biron-bir munosabat bildirgani yo‘q. Ichki reyslarni ko‘paytirish bo‘yicha Davlat rahbari tomonidan qo‘yilayotgan shuncha talablarga va berilayotgan subsidiyalarga qaramay, faqat mahalliy reyslar uchun tashkil etilgan va lisenziya olgan aviakompaniyalar bir irg‘ishlab xalqaro reyslar sektoriga o‘tib ketayotgani alohida tekshirishlarni talab qiladi.

“Ikki marta boshchisi olib tashlangach, Antimonopoliya iste’molchilar tarafda turib qonunni va huquqlarni himoya qilishga ancha tiyilib qolgan edi”, – deydi Bakiroo.

 

Теги :
Jamiyat