$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Humo Air” 10-martdan aprelgacha bo'lgan barcha reyslarini bekor qildi

humo air

Kuni kecha "Humo Air" kompaniyasi 10-martdan aprelgacha bo'lgan barcha reyslarini to'xtatganini e'lon qildi. Uning oqibatida esa "Humo Air" firibgarlar hujmiga uchradi. 

Bekor qilinishiga sabab nima?

Unga ko'ra, kompaniya yangi restartga tayyorlanayotganini e'lon qildi. Bunga sabab esa "Humo Air" yaqin va uzoqdagi xorij mamlakatlari uchun, ya'ni xalqaro yo'nalishlarni ochishni rejalashtirmoqda. Shuning uchun aviakompaniya qayta rejalashtirish hamda qayta tuzish ishlarini olib borish uchun tanaffus e'lon qilgan. Shu davr ichida sotilgan chiptslar esa tizim orqali avtomatik ravishda bekor qilindi va kompaniya mablag'larni to'liq qaytarishini aytib o'tdi. 

"2024-yil aprel oyida biz xalqaro yo'nalishlarni ochamiz, aviachiptalar naxrini minimal darajada ushlab turamiz va odamlarning tez-tez uchishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz" — deydi "Humo Air" vakili. 

Shovvoz firibgarlar

Ushbu vaziyatdan "soqqa" qilish yo'lini o'ylagan firibgarlar "Humo Air" nomidan ish yuritishni boshlab yubordi. Unga ko'ra, ular pullarni karta orqali qaytarishni so'ramoqda. Bundan tashqari, firibgarlar pulni to'liq qaytib olishi uchun jarima pullarini ham talab qilgan. Buning ortidan kompaniya barcha mijozlaridan uzr so'ragan holda o'zi mijozlarini ogohlikka chaqirdi hamda mablag'larni qaytarish bo'yicha ko'rsatma berib o'tdi.

Onlaynmi yoki oflayn xarid?

Unga ko'ra, mijoz chiptani veb-sayt orqali xarid qilgan bo'lsa, karta hamda chiptadagi ma'lumotlar solishtiriladi. Agar mos kelsa mablag' kartaga 30 kun ichida qaytariladi. Shuningdek, chiptalar boshqa shaxsning kartasi orqali sotib olingan bo'lsa, pulni qaytarish uchun kompaniya saytiga joylashtirilgan arizani yuklab, topshiriladi. 

Agar chipta agentlikdan sotib olingan bo'lsa, barcha mablag'lar tizimdagi virtual hisobga tushishi aytilmoqda. Lekin mijoz pulni qaytib olishni istasa, yuqorida ta'kidlanganidek ariza to'ldirishiga to'g'ri keladi. 

Uzrli bonus

Bundan tashqari, kompaniya chipta sotib olganlar uchun yana bir bonus taklifni berdi. Unga ko'ra, mijoz biletni pulini qaytib olmasdan uni aviakompaniya tizimidagi shaxsiy balansda qoldirishi mumkin. U pullar esa kelgusida bilet sotib olish uchun sarflashi mumkin, unda esa mijozga bonuslar taqdim etiladi. Ya'ni mijoz pulni qaytib olmasdan shaxsiy hisobiga qo'ysa, keyingi chipta xaridlarida o'rindiqlarni tanlash, band qilish xizmati hamda qo'shimcha yuk bagajiga ega bo'ladi.