Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +7°
Читать на русском

Humo’ni xususiylashtirish ma’lum bo‘lganidan beri o‘sish kuzatilmoqda

Joriy yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Humo’ning sof foydasi 42,5 foizga oshdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Humo’ni xususiylashtirish ma’lum bo‘lganidan beri o‘sish kuzatilmoqda

Joriy yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Humo to‘lov tizimining sof foydasi 119 milliard. so‘mga yetdi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

42,5 foizga o‘sish

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42,5 foizga ko‘pdir. Shuningdek, ushbu davr mobaynida kompaniyaning daromadi 44,7 foizga oshib, 222 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Operatsion harakatlar ham o‘sgan

Shu bilan birga, To‘lov tizimining aktivlari ikki barobarga oshib, 394 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Xuddi shu tarzda operatsion xarajatlar ham o‘sgan, rentabellik ko‘rsatkichi esa deyarli o‘zgarmagan.

Humo’ning xususiylashtirilishi

2024-yil aprel oyida Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish rejalashtirilgani ma’lum bo‘lgan edi. Hozirda investorlarning takliflari qabul qilinish jarayonida. Ushbu bosqich 15-noyabrgacha davom etadi. To‘lov tizimini sotib olishga oltita kompaniya, jumladan, Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi da’vogarlik qilmoqda.