Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +6°

2005-yil qizni Tailandga sotmoqchi bo‘lishdi

Qoraqalpog‘istonda yosh qizlarni Tailandga yuborayotgan ayollar fosh etildi.

1 daqiqa o‘qiladi

2005-yil qizni Tailandga sotmoqchi bo‘lishdi

Qoraqalpog‘istonda yosh qizlarni Tailandga yuborayotgan ayollar fosh etildi.

19 yoshli qizni sotmoqchi bo‘lishgan

Odam savdosini oldini olish maqsadida Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan tezkor tadbirda 19 yoshli, 2005-yilda tug‘ilgan qizni Tailandga yubormoqchi bo‘lgan 5 nafar fuqaro qo‘lga olindi.

Yengil yo‘l bilan pul topishning og‘ir oqibatlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki Ishlar Ministrligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshirilgan tadbirda Amudaryoda tug‘ilgan Sh.ni, Amudaryolik yana bir 1978-yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining tanishi bo‘lgan 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro orqali Tailandga yengil yo‘llar bilan pul topishni va’da qilib yubormoqchi bo‘ladi.

Toshkent-Tailand yo‘nalishi

Mo‘may daromad ortidan quvgan ikki ayol o‘zlarining yana bir jinoiy sheriklari orqali Toshkent-Tailand yo‘nalishiga chipta olib berishgan.

Qoraqalpog‘istondan Toshkentga yuborilgan qizni esa Toshkent xalqaro aeroportiga bir yigit eltib qo‘yadi.

Aeroportda qo‘lga tushishdi

Ularning yana bir jinoiy sherigi bo‘lgan Samarqand viloyatida yashovchi L. bilan qizni tanishtirib, qizga uni Tailandgacha shu ayol kuzatib borishi aytiladi.

Ular aeroportda tezkor guruh tomonidan qo‘lga olindi.

Jinoyat ishi

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 135-moddalari 2-bo‘limi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.