Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +9°

Bolaning ko‘ngli onada, onaning ko‘ngli…

4 kunlik farzandini sotmoqchi bo‘lgan onaga sud hukmi o‘qildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Bola va pul

4 kunlik farzandini sotmoqchi bo‘lgan onaga sud hukmi o‘qildi.

Ona bo‘lish va onalik qilish farqli

Haqiqiy ona uchun farzandlari va oilasi baxti juda ham muhim va o‘z farzandi uchun eng jonkuyar odamlar onalar bo‘lishadi, ammo farzandni shunchaki dunyoga keltirib uni buyumdek sotmoqchi bo‘layotgan ayollarni ona deb atab bo‘lmaydi.

Bunday vaziyatlardan biri Surxondaryoda sodir bo‘ldi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi tomonidan 4 kunlik qiz farzandini sotmoqchi bo‘lgan onaga sud hukmi o‘qildi.

Farzand tafti 25 million so‘m

Tirnoqqa zo‘r bo‘lgan oilalar yillab sabr qilayotgan bir paytda, 1993-yilda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida tug‘ilgan ayol 2024-yil 25-yanvar kuni tug‘ilgan qiz farzandini shu tumanda yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan ayol bilan til biriktirgan holda 25 million pulga sotmoqchi bo‘lgan.

Ona emas ayol

Chaqaloqni sotmoqchi bo‘lgan ayol va uning jinoiy sherigi kelishilgan pullarni olayotgan paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan Termiz shahar sudida ochiq shakldagi sud majlisi bo‘lib o‘tgan hamda guvohlar va tomonlar fikri tinglanib sud hukmi o‘qildi.

Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qism A bandidagi jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 6 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.