$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Soʻnggi 10 oyda 5 mingdan ortiq asossiz ayblangan shaxslar oqlandi

sud

Oliy sud joriy yilda chiqarilgan oqlov hukmlari, sud qarorlari statistikasini eʼlon qildi. Joriy yilning 10 oyi davomida:

  • 603 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmlari chiqarildi;
  • 1 289 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlanmasdan hukm chiqarildi;
  • 10 866 nafar shaxsga oid jinoyat ishlari taraflar yarashgani munosabati bilan tugatildi;
  • 5 603 nafar shaxsga asossiz qoʻyilgan ayblar ularning ayblovidan chiqarildi;
  • 8 041 nafar shaxsning harakatlari aybiga muvofiq qayta kvalifikatsiya qilindi;
  • 4 934 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilindi;
  • 27 302 nafar shaxs tayinlangan jazodan shartli ozod qilindi;
  • 9 547 nafar shaxsga tayinlangan jazolar yengilrogʻi bilan almashtirildi.

111,9 foizga ko‘p

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yilning olti oyi ichida 45 mingdan ortiq jinoyat sodir etilgani haqida xabar bergan edik. Ma’lum qilinishicha, umumiy jinoyatlar soni har 100 ming aholiga o‘rtacha 132 tadan to‘g‘ri kelgan. Bu 2020-yilga nisbatan 111,9 foizga ko‘p. Ushbu ko‘rsatkich Toshkent shahriga 383,3 tadan, Farg‘ona viloyatiga 223,4 tadan, Toshkent viloyatiga 168,4 tadan, Sirdaryo viloyatiga 151,4 tadan to‘g‘ri keladi.

Jinoyatlarning 95,3 foizi fosh etilgan, qidiruvdagi 1 ming 833 nafar shaxs ushlangan. Bedarak yo‘qolgan 218 nafar shaxs topilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan mazkur davrda 15 ming 434 ta jinoyatlar aniqlagan.

Теги :
Jamiyat