$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi chiroyli raqamli hujjatlar ham qimmat narxda berilishi mumkin

Pasport

Telegramdagi “davletovuz” blogida ma’lum qilinishcha, endilikda Chiroyli raqamli ID-kartalar, pasport va haydovchilik guvohnomalari qimmat narxda berilishi mumkin.

Yangi tizim haqida

Xabarda qayd etilishicha, xaridorgir raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan identifikatsiyalovchi ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasporti, haydovchilik va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berish tizimi joriy etiladi. Bu haqda hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

IIV loyihasi

Ushbu loyiha Ichki ishlar vazirligi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan bo‘lib, unda bugungi kunda fuqarolarda o‘zlari xohlagan raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan identifikatsiyalovchi ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasporti, haydovchilik va avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olishga talab oshib borayotgani qayd etiladi.

Loyihada taqdim qilingan takliflar

Agarda loyiha ma’qullansa, qaror bilan Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari amalga oshirilishi mumkin:

  • xaridorgir raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan identifikatsiyalovchi ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasporti, haydovchilik va avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berish tizimini joriy etish;
  • xaridorgir raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan identifikatsiyalovchi ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasporti, haydovchilik va avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani berish bo‘yicha davlat xizmatini qo‘shimcha to‘lov asosida texnik qurilmalar hamda dasturiy ta’minotlar orqali ko‘rsatish.

Chiroyli raqamlarni pullash tajribasi

O‘zbekistonda bugungi kunga qadar chiroyli raqamlarni qimmat narxlarda pullash tajribasi mavjud. 2024-yilda avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 195 mingdan ortiq avtoraqam onlayn auksionlar orqali sotilgan. Sotilgan avtoraqamlarning 97 foizi jismoniy shaxslar, 3 foizi esa yuridik shaxslar tomonidan xarid qilinib, eng past bahodagi avtoraqam 1,7 million so‘m, eng qimmati esa 965,3 million so‘m bo‘lgan.

Теги :
Jamiyat