$
 12831.13
-55.77
 14542.80
-82.54
 161.07
0.2
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Oʻtgan yilda eng qimmat avtoraqam 965 million so‘mga sotildi

Avtoraqam

Bugun “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan matbuot anjumani mamlakatimizda birja faoliyatining rivojlanish natijalari va istiqbollariga bag‘ishlandi. Jamiyat mas’ullari va OAV xodimlari ishtirok etgan mazkur tadbirda 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga urg‘u berilar ekan, tizimda erishilgan yutuqlar bevosita yurtimizdagi o‘zgarishlar va islohotlar bilan bog‘liq ekani qayd etildi.  

Bu davrda tizimdagi qaysi yo‘nalishlarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi?  

Mazkur savolga “O‘zRTXB” AJ mas’ul xodimi Hikmatullo Tillaboyev quyidagicha javob berdi:  

–Bugungi tadbirning ahamiyatli jihati shundaki, unda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi faoliyatining 2024-yil yakunlari va 2025-yil uchun istiqbolli rejalar to‘g‘risida ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazishga qaratildi.  

2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2023 yilga nisbatan 11,8 foizga o‘sdi. Jumladan, birja savdolari 14,8 foizga, elektron davlat xaridlari 5,3 foizga, avtoraqamlar onlayn auksionlari 2 baravarga, mobil raqamlarning sotuv hajmlari esa 43,6 foizga oshdi.  

Qancha avtoraqam sotildi

2024-yilda birjaning davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uzex.uz elektron savdo tizimida o‘tkazilgan auksion savdolari natijasida 7,9 trillion so‘m byudjet va korporativ buyurtmachilar mablag‘lari tejaldi. Shuningdek, avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 195 mingdan ortiq avtoraqam onlayn auksionlar orqali sotildi. 

Sotilgan avtoraqamlarning 97 foizi jismoniy shaxslar, 3 foizi esa yuridik shaxslar tomonidan xarid qilindi. Eng past bahodagi avtoraqam 1,7 million so‘m, eng qimmati esa 965,3 million so‘m bo‘ldi.  

Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja orqali umumiy qiymati 875,9 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 64,3 mingta “yashil sertifikatlar” sotilgan. Birja kotirovkasiga ko‘ra, bir dona sertifikat narxi 13,6 ming so‘mni tashkil etdi.  

Ikki tomonlama qarama-qarshi auksion

Savdo ishtirokchilari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ikki tomonlama qarama-qarshi auksion joriy etildi. Ikki tomonlama auksion bozor narxlarini aniqlashning yanada samarali usuli hisoblanadi. Unda ikki tomon bir vaqtning o‘zida o‘z narx takliflarini berishlari mumkin. Bu esa raqobatni xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasida kuchaytirib, savdolar samaradorligini oshiradi.  

Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, 2024-yilda 30 mingga yaqin fermer xo‘jaligi tomonidan 2,5 million tonna paxta xomashyosi fyuchers va spot shartnomalari asosida birja orqali sotildi. Shuningdek, 1,2 million tonnadan ortiq bug‘doy ham mazkur tartib asosida xarid qilindi.  

Bu davrda birjaning “UZEX Agro” elektron savdo platformasi ham ishga tushirildi. U aholi tomorqalarida, fermer va dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini erkin bozor narxida sotishga mo‘ljallangan.

Теги :
Avto