Qozog‘istondagi o‘zbek tadbirkorlari Xitoydan o‘tib ketdi
Qozog‘istondagi o‘zbek investorlari bizneslar soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketib, mamlakatdagi uchinchi o‘rindagi xorijiy investorga aylandi.
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondagi o‘zbek investorlari bizneslar soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketib, mamlakatdagi uchinchi o‘rindagi xorijiy investorga aylandi.
4,5 ming o‘zbek tadbirkori
Data Hub axborot agentligining bergan ma’lumotlari bo‘yicha, 1-may holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda 4 595 nafar o‘zbek tadbirkori ro‘yxatdan o‘tgan, bu raqamlar yilning boshiga nisbatan 706 ya’ni 18 foizga ko‘proq. Qozog‘iston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligining Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu raqamlar bir yarim barobarga ko‘proq.
Asosan kichik korxonalar
Ro‘yxatdan o‘tganlarning asosiy qismi kichik korxonalar hisoblanadi. Barcha tashkilot va korxonalarning uchdan bir qismi savdo bilan shug‘ullanadigan. 79 foizi operatsion korxonalar bo‘lib, bu ko‘rsatkich boshqalardan ancha yuqori, xususan Xitoyda ushbu raqamlar 64 foizga teng.
Bizdan oldinda kimlar bor
Qozog‘istonda eng ko‘p fuqarosi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi davlat - bu Rossiya, 23,5 ming rus fuqarosi tadbirkorlik maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan. Ikkinchi o‘rinda esa Turkiya bo‘lib, mamlakatning 5,5 ming nafar shaxsi Qozog‘istonda biznes bilan shug‘ullandi.



