$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini avtomatik ravishda shakllantirish yoʻlga qoʻyiladi

suv

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq maʼmurchiligini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Soliqlar avtomatik hisoblanadi

Mazkur qaror bilan:

Soliq organlari tomonidan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini avtomatik ravishda shaklantirib berish yoʻlga qoʻyiladi.

Vazirlik va idoralar tomonidan oʻzaro axborot almashinuvi tizimi, shuningdek, Suv xoʻjaligi vazirligining “Suv hisobi” axborot tizimi orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida soliqlar avtomat hisoblanib, hisobotda shakllantirib beriladi.

Avval tartib qanday boʻlgan?

Amaldagi tartibga ko‘ra, soliq toʻlovchilar suv soligʻi hisoboti shaklining 0701 va 0702-satrlariga Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan suv hajmini mustaqil kiritgan holda taqdim etib kelgan. 

Endilikda soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining toʻgʻri va toʻliqligini tasdiqlaydi yoki eʼtirozlar mavjud boʻlsa, soliq hisobotini qayta ko‘rib chiqib, 15-dekabrga qadar tegishli asoslarni ilova qilgan holda soliq organlariga taqdim etadi.

Eslatib oʻtamiz, soliq organi tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlanmaganda yoki qayta ishlangan holda taqdim etilmaganda, soliq toʻlovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etilmaydi.

Теги :
Jamiyat