$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Farqli raqamlar: “Hududgazta’minot”ning hisoboti “O‘zenergoinspeksiya” raqamlaridan 27 milliardga ko‘proq

Gaz

Kuni kecha ikki tashkilot “O‘zenergoinspeksiya” va “Hududgaztaʼminot” noyabr oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha hisobotni taqdim etdi. Qiziqarli jihati shuki, ikki tashkilot hisobotida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishdagi raqamlar turlicha ko‘rsatilgan. “Hududgaztaʼminot” summalarni oshirib ko‘rsatyaptimi?

“O‘zenergoinspeksiya” hisoboti

AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev noyabr oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha hisobotni taqdim qildi. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, noyabrda 1 614 ta iste’molchi tomonidan energetika resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Shundan 329 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi bilan bog‘liq. Yetkazilgan zarar esa 24,1 mln. metr kub tabiiy gaz, so‘mga hisoblaganda esa 70,1 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

“Hududgazta’minot” hisoboti

“Hududgazta’minot” bergan hisobotga ko‘ra, 1−30-noyabr kunlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 3 mingga yaqin tadbirlar oʻtkazilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish boʻyicha 2,9 mingta holat aniqlandi. Mazkur holatlar boʻyicha jami 97,1 milliard soʻmlik 42,4 million metr kub tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.

Tafovut qanday?

Birinchi holatda umumiy energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari 1 614 ta, tabiiy gazniki esa 329 tani tashkil qilgan bo‘lsa, ikkinchi hisobotda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarining o‘zi 2 900 tani tashkil qilgan. Hajm va summaga keladigan bo‘lsak, “O‘zenergoinspeksiya” hisobotida yetkazilgan zarar 24,1 million metr kub bo‘lsa, “Hududgazta’minot” hisobotida 42,4 million metr kub, oradagi tafovut 18,3 million metr kub. Summalardagi tafovut esa 27 milliard so‘m. Xo‘sh, endi savol tug‘iladi, bu yerda “Hududgazta’minot” raqamlarni qo‘shib ko‘rsatmoqdami yoki “O‘zenergoinspeksiya”dagi ma’lumotlar kamaytirilganmi?

Теги :
Jamiyat