$
 12447.35
86.49
 14545.97
66.46
 146.08
0.42
weather
+26
Кечаси   +14°

Yurak faoliyati yaxshilanishi uchun qanday mevalar iste’mol qilish kerak?

rezavor

Tadqiqotlarga ko‘ra, asosan rezavor mevalar yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilaydi.

Portugaliyadagi tadqiqot

Portugaliyaning Guarda Politexnika instituti olimlari aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, asosan gilos va shunga o‘xshash rezavor mevalarni ko‘proq yeyish, yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Ushbu mevalar qon tomirlari devorlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va antioksidant xususiyatlari tufayli yurak xastaliklari xavfini kamaytirishini aniqladi. Tadqiqot natijalari Nutrients jurnalida chop etildi.

Qon tomirlari kengayishiga yordam beradi

Tadqiqot natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, bu birikmalar oksidlovchi stressni (hujayra shikastlanishining maxsus shakli) oldini oladi va organizmdagi yallig‘lanish faolligiga qarshi turadi. Shuningdek, ular qon tomirlarining kengayishiga yordam beradi, ularning devorlarini bo‘shashtiradi va qon shakar darajasini pasaytiradi, shu bilan yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Minimal — kuniga 2 finjon

Gilos, malina kabi mevalarni iste’mol qilish yallig‘lanishning oldini olib, qon bosimini normallashtiradi. Bundan tashqari, ratsiondagi rezavorlar ulushini oshirish yog‘ massasining ortishi va bu fakt bilan bilvosita bog‘liq bo‘lgan patologiyalar (masalan, ateroskleroz) ehtimolini kamaytiradi. Maksimal foyda uchun tadqiqotchilar kuniga taxminan ikki kichik chashkada rezavor meva iste’mol qilish xavfsiz ekanligini aytishadi.