Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 75 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +6°

G‘alati paradoks: Baliq yog‘i ham yurak kasalliklari xavfini oshirishi, ham uni davolashi mumkin

Buni BMJ Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqot ko‘rsatdi.

2 daqiqa o‘qiladi

G‘alati paradoks: Baliq yog‘i ham yurak kasalliklari xavfini oshirishi, ham uni davolashi mumkin

Muntazam ravishda baliq yog‘i qo‘shimchalarini qabul qilish sog‘lom odamlarda insult va yurak kasalliklari xavfini oshirishi mumkin. Biroq, baliq yog‘i allaqachon yurak muammolaridan aziyat chekuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Buni BMJ Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqot ko‘rsatdi.

Kasalliklarni oldini olish uchun baliq yog‘i yondashuvi samaradorligi uchun dalillar yetarli emas

Baliq yog‘i yurak uchun foydali omega-3 yog‘ kislotalarining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ko‘pincha yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun tavsiya etiladi. Ammo bu yondashuvning samaradorligi uchun dalillar yetarli emas.

Britaniyaliklarning ovqatlanish tahlili

Yangi tadqiqotda olimlar 415 ming Buyuk Britaniya fuqarolarining ovqatlanishi va salomatligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Ishtirokchilarning deyarli uchdan bir qismi muntazam ravishda baliq yog‘i qo‘shimchalarini qabul qildi.

Tahlil natijalari

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sog‘lom odamlar uchun baliq yog‘i qo‘shimchalarini muntazam ravishda qabul qilish insult xavfini 5% ga vatriyal fibrilatsiyani 13% ga oshiradi. Bu ta’sir, ayniqsa, ayollar va chekmaydiganlarda yaqqol namoyon bo‘ldi.

Biroq, aritmiyaga uchragan odamlar uchun baliq yog‘i yurak xurujiga o‘tish xavfini 15% ga kamaytiradi. Yurak yetishmovchiligi bo‘lganlar uchun o‘lim xavfi 9% ga kamaydi.

Olimlarning fikri qanday?

Olimlarning ta’kidlashicha, ularning ishlari baliq yog‘ini iste’mol qilish va yurak-qon tomir xavfi o‘rtasida sabab-ta’sir munosabatlarini isbotlamaydi. Baliq yog‘i kasal va sog‘lom odamlarga boshqacha ta’sir qilishining sabablarini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar zarur.