$
 12712.05
-65.47
 14524.79
-65.86
 161.10
-0.44
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Almashtirib bo‘lmas ozuqa — ona suti

ona suti

Ona sutini hech qanday boshqa sun’iy ozuqa bilan almashtirib bo‘lmaydi. U go‘daklar uchun eng mukammal ozuqadir.

Chaqaloq 6 oygacha ona sutini ichishi shart

Xalqaro hujjatlarda go‘dak 6 oygacha hech qanday istisnolarsiz ona suti bilan oziqlanishi kerak deb belgilab qo‘yilgan. Bu uning keyingi butun hayoti uchun juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi

— Ona suti — hayotning birinchi yilidagi bolalar uchun eng ideal ozuqa, U o‘zida vitaminlar, gormonlar va antitanachalar kabi hayot uchun muhim bo‘lgan foydali moddalarni kerakli miqdorda jamlagan. Uning o‘rnini, hatto, eng sifatli va qimmat sun’iy ozuqa mahsuloti ham bosolmaydi, — deydi Respublika perinatal markazi direktori Nilufar O‘rinboyeva.

Ona suti tarkibi

Qiziqarli tomoni, ona sutining tarkibi kunning vaqtiga qarab, chaqaloqning yoshiga qarab o‘zgarib turadi. Eng boshida u faqat og‘iz suti bo‘lsa, keyinchalik oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, immun komponentlar va antigenik tarkibi o‘zgaradi. Og‘iz sutini esa bolaning ilk emlashi deyishadi. Ona sutida ko‘plab rivojlanish uchun muhim moddalar mavjud, faqat ushbu ne’mat har qanday holatda ham allergiya chaqirmaydi.

Vaqtinchalik immunitet vazifasini bajaradi

Ona sutida infeksiyaga qarshi kurashish xususiyati bor. Bolada immunitet 3 yoshgacha shakllanishiga qarasak, bungacha bu ozuqa uni himoyalaydi. Ona suti yozda ichak infeksiyalari, qishda esa virusli va bakterial kasalliklardan asraydi. Yana, raxit, kamqonlik, zotiljam, oshqozon-ichak buzilishi kabi xastaliklarni oldini oladi.

Sun’iy oziqlantirish xavfli bo‘lishi mumkin

— Afsuski, ayrim onalar qarshi ko‘rsatma bo‘lmasa-da, farzandini ko‘krak suti bilan emas, balki sun’iy oziqlantirish orqali katta qilishni afzal ko‘radi. Bu bilan ular go‘dakni kasalliklarga duchor qilish xavfini oshiradi. Hatto, ayrim olimlar sun’iy oziqlantirishni bola uchun “metabolik stress” deb ham ataydi. Bunday bolalar ko‘pincha nafas olish va ichak infeksiyalariga moyil bo‘lgani uchun maxsus tibbiy nazoratda bo‘lishi kerak, — deydi mutaxassis.

Ayollar uchun ham foydali

Emizish ayollarning o‘zi uchun ham foydali. Xususan, emizish paytida paydo bo‘ladigan garmonlar bachadonning qisqarishiga yordam berib, qon yo‘qotilishini kamaytiradi, bu esa kamqonlikni oldini oladi. Bundan tashqari, emizikli onalar hech qachon depressiyaga tushmaydi.