Ertaga ayrim hudularda yomg'ir yog'adi
O‘zgidromet ertaga, 15-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zgidromet ertaga, 15-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Toshkent, Qoraqalpog‘iston va Xorazm
O‘zgidrometga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 32-34 daraja issiq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Chang-to‘zon ham kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyati
Buxoro viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 31-36 daraja bo‘ladi. Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi. Toshkent viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha yoki 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Chang-to‘zon ham kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Vodiy viloyatlari
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.



