$
 12808.03
14.65
 13612.37
16.85
 130.15
-0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

AQShning Oʻzbekistondagi harbiy bazasida boʻlgan harbiylari zaharlangan

harbiylar

Qoʻshma Shtatlar hukumati Oʻzbekistonda zaharlangan harbiylariga yordam berishni boshladi. Ma'lumotga koʻra, AQSh hukumati Xonoboddagi harbiy bazada xizmat qilgan askarlar u erda zaharlanganini tan olgan. Hukumat endilikda ular uchun maxsus tibbiy yordam qoʻlini choʻzmoqda. Qiziqarlisi, Oʻzbekiston tomoni shu kunga qadar bu mavzu haqida, aniqrogʻi Xonobod atrofdagilarga hudud zaharli ekanligi haqida hech qanday ma'lumot bermagan.

Hukumat tan oldi

Washington Post nashrining qayd etishicha, Qashqadaryodagi harbiy bazada boʻlgan AQSh harbiylarining koʻpchiligida saratonning kamyob turi aniqlangan. AQSh hukumati yigirma yil davomida harbiylarni Xonobodda zaharlanganini tan olishni istamagan. Hozirgi vaqtda K2 bazasida xizmat qilgan 16 ming veterandan taxminan 13 ming nafari veteranlar ma'muriyati tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan.

11 sentyabr terrakti

2001 yilning 11 sentyabridagi butun dunyoni larzaga keltirgan teraktlardan soʻng, AQSh xalqaro terrorizmga qarshi kurashish maqsadida Afgʻonistonda harbiy operasiyalarni boshlaydi. Ushbu operasiyalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida AQSh Oʻzbekiston hududida, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri yaqinidagi Xonobod aerodromidan foydalanish boʻyicha kelishuvga erishadi. Harbiylar terrorizm tahdididan tashqari yana bir xavfga duch kelishdi — K2 zaharli muhitga ega edi. Harbiylar Xonobodda kimyoviy moddalar, radioaktiv moddalar bilan zaharlanishganini ma'lum qilishdi. Bazada koʻzga koʻringan xavfli jihatlardan biri — er ostidagi “qora qovuq”, yorugʻlangan koʻllar va kimyoviy moddalar hidi doimiy ravishda sezilib turgan.