$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Erkinlik farosati yo‘q notavonlar uchun zahmat olib keladi — Alisher Qodirov uni haqorat qilayotganlarni javobgarlikka tortmoqchi

Qodirov

Deputat Alisher Qodirov uni haqorat qilganlarni jazolamoqchiligini ma’lum qildi (https://t.me/alisherQodir/2524).

Erkinlik — farosati borlar uchun imkoniyat

“Intizomsizga marhamat qilib jamiyatda nizomni beqadr qilayotganimizni tushundik. Erkin jamiyat milliy taraqqiyotning o‘zagidir. Erkinlik — farosati borlar uchun imkoniyat, farosati yo‘q notavonlar uchun zahmat olib keladi.

Tanqidlarga ochiqmiz, muloqot va muhokama vazifamiz, lekin ommaviy chiqishlarda haqorat ishlatadigan farosatida nuqsonlilarni jazolash orqali jamiyatni o‘zgarishiga hissa qo‘shmoqchimiz”, deb yozdi u va so‘zining so‘nggida #haqoratjazolanadi deya heshteg qoldirdi.

Haqoratlarga sabab nima?

Eslatib oʻtamiz, “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari 23-yanvar kuni “gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmasligi”ni aytgandi.

“Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorako‘zlarimizga ish o‘rni yaratish mumkin. Tilla qatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi”, deb yozgandi deputat o‘z sahifasida.

U elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirib, gaz o‘rniga elektr energiyasi ishlatishni o‘rganish kerakligini ta’kidlagandi.

Bu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Теги :
Jamiyat