$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

SNA: HAMAS G‘azo sektorini Falastin ma’muriyatiga topshirishga tayyor

HAMAS

HAMAS harakati G‘azo sektorini boshqarishni Falastin milliy ma’muriyatiga topshirishga tayyor. Bu haqda manbaga tayanib, Sky News Arabia xabar berdi.

Qaror Misr bosimi ostida qabul qilingan

Ma’lum qilinishicha, HAMAS tegishli qarorni Qohiradagi muzokaralar davomida Misr bosimi ostida qabul qilgan. Tegishli qaror haqida Falastin Ozodlik Tashkiloti rahbariyatiga maktub yo‘llangan. HAMAS bu borada o‘z shartlarini ham qo‘ygan. Jumladan, ularning barcha davlat xizmatchilari yangi ma’muriyat tarkibiga kiritilishi va ularga pensiya to‘lovi kafolatlanishi kerak.

Muzorakarlarning ikkinchi bosqichida tirik qolgan barcha mahbuslar ozoq qilinadi

Isroil mudofaa vaziri Israel Kats avvalroq mamlakat “o‘z mavjudligini xavf ostiga qo‘yishi mumkin bo‘lgan” Falastin davlatining tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytgandi. AQSH maxsus vakili Stiv Vitkoffning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi va garovga olingan isroilliklarni falastinlik mahbuslarga almashish bo‘yicha muzokaralar shu hafta davom etadi. Muzokaralarning ikkinchi bosqichi tirik qolgan barcha isroillik mahbuslarni ozod qilishni o‘z ichiga oladi.

Trampning G‘azoni boshqarish rejasi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Tramp Qo‘shma Shtatlarga Falastin anklavini o‘z nazoratiga olishni taklif qilgan edi va falastinliklarni G‘azodan ko‘chirish va yukni qo‘shni davlatlarga yuklash bo‘yicha qayta-qayta chaqiriqlar qilgandi.

U anklav aholisini turli mamlakatlarga, jumladan, Iordaniya va Misrga ko‘chirib o‘tkazish mumkinligini aytgan. U Qo‘shma Shtatlar bu jarayonni moliyalashtirmasligi, chunki xarajatlarni qoplashga Yaqin Sharq davlatlarining qurbi yetishini ta’kidlagandi. Vashington esa mintaqadagi ishlar uchun javobgar bo‘ladi va zarurat tug‘ilganda u yerga o‘z qo‘shinlarini yuborishi mumkinligini aytgan. Biroq 1-fevral kuni Qohirada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Misr, Iordaniya, BAA, Saudiya Arabistoni va Qatar tashqi ishlar vazirlari bu taklifni rad etishgandi.

Теги :
Jamiyat