$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Tramp falastinliklarni “abadiy vatan”dan quvib chiqarmaydi – Erdo‘g‘an

G

O‘tgan haftada Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Tramp Qo‘shma Shtatlarga Falastin anklavini o‘z nazoratiga olishni taklif qildi va falastinliklarni G‘azodan ko‘chirish va yukni qo‘shni davlatlarga yuklash bo‘yicha qayta-qayta chaqiriqlar qilgandi. Biroq 1-fevral kuni Qohirada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Misr, Iordaniya, BAA, Saudiya Arabistoni va Qatar tashqi ishlar vazirlari bu taklifni rad etishgandi.

Tramp G‘azo sektorini sotib olish rejalarini tasdiqladi

AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorini qo‘lga kiritish va uni to‘liq nazorat qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

“Men G’azoni sotib olish va unga egalik qilish niyatidaman. Qayta qurish masalasiga kelsak, biz uni qisman Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarga topshirishimiz mumkin. Lekin biz unga egalik qilish, olish va Xamasning qaytib kelmasligiga ishonch hosil qilish niyatidamiz. “Bu joy buzilishi rejalashtirilgan”, degan u prezidentlik samolyoti bortida jurnalistlarga.

Muqobil variant bo‘lsa, g‘azoliklar u yerga qaytishmaydi

Tramp, shuningdek, Xamas tomonidan garovga olingan isroilliklarning ozod etilishiga izoh berib, ularning ahvolini Xolokost qurbonlari bilan solishtirgan.

U arab davlatlarini falastinlik qochqinlarni qabul qilishga ko‘ndira olishiga ishonchi komil va agar muqobil variant bo‘lsa, g‘azoliklar u yerga qaytishni istamaydi, deb ta’kidlaydi.

“Sionistik lobbi” tomonidan ilgari surilayotgan bema’ni reja

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo sektorini nazoratga olish taklifini qoralab, buni “sionistik lobbi” tomonidan ilgari surilayotgan bema’ni reja deb atagan. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar bermoqda.

“Amerikaning yangi ma’muriyati tomonidan sionistik lobbi bosimi ostida G‘azo bo‘yicha ilgari surilgan takliflar ko‘rib chiqish yoki muhokama qilishga arzimaydi” — degan Erdo‘g‘an Malayziyaga uchishdan oldin Istanbul aeroportida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Yakshanba kuni Erdo‘g‘an jurnalistlarga Anqara falastinliklarni o‘z vatanlaridan majburan chiqarib yuborish rejalariga mutlaqo qarshi ekanini aytgan.

Grenlandiya masalasi

Bundan tashqari, Tramp Grenlandiyaga ham da’vo qilayotganligi haqida yozgan edik. Daniyada bunga javoban AQShdan Kaliforniyani trillion dollarga sotib olish taklifi bilan petitsiya boshlandi. Tramp bir necha bor Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini aytgandi. U orol milliy xavfsizlik va himoya uchun, jumladan, Xitoy va Rossiyadan himoyalanishda strategik ahamiyatga egaligini aytgan. Grenlandiya bosh vaziri Muke Egede bunga javoban orol “hech qachon sotilmaydi” deb javob bergan.

Теги :
Jamiyat