$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Halollikning darajasi va o'lchovi bormi?

Halollik

Endilikda standart asosida halollik darajasini baholaydigan Milliy halollik indeksi ishlab chiqilib, unda baholash tamoyillari, mezonlari, mexanizmlari, tartibi va natijasi bo‘yicha ko‘riladigan choralar nazarda tutilishi belgilanmoqda. O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari hamda xususiy sektor uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi.

Yo‘l xaritasi

O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari hamda xususiy sektor tizimida milliy halollik standarti instituti joriy etiladi. Ma'lum bo'lishicha, bu haqda O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyani 2024—2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasida ko‘zda tutilgan.

"Public integrity" instituti

Ma'lumot uchun, bundan avval prezident qarori loyihasi bilan O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi. Unga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar 2024-yil dekabrgacha davlat organlari va tashkilotlari hamda xususiy sektor tizimida milliy halollik standarti — "public integrity" institutini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishi lozim.

Milliy halollik indeksi

Loyihada halollik bo‘yicha xalqaro konvensiya va boshqa shartnomalar, xalqaro tashkilotlarning talablari va tavsiyalari asosida davlat organlari va tashkilotlari hamda xususiy sektor uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan standart asosida halollik darajasini baholaydigan Milliy halollik indeksi ishlab chiqiladi va unda baholash tamoyillari, mezonlari, mexanizmlari, tartibi va natijasi bo‘yicha ko‘riladigan choralar nazarda tutiladi. Qayd etilishicha, bu xorijiy davlatlar tajribasi asosida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Ushbu hujjat loyihasi muhokamasi 27-martgacha davom etishi ko'zda tutilgan.