$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Komik aktrisa Halima Ibragimova reanimatsiya bo‘limida vafot etdi

Halima Ibragimova

Aktrisa Halima Ibragimova olamdan o‘tdi. Bu haqda "Mirzo teatri" a’zosi, qiziqchi Mirzabek Holmedovning o‘g‘li Ulug‘bek Holmedov xabar berdi. 

U kasal edi

Aktrisa so‘nggi paytlarda og‘ir xastalikka yo‘liqqan. Halima Ibragimova 1979-yilda Toshkentda tug‘ilgan, oilali, ikki farzandning onasi bo‘lgan. Ma’lumotlarga qaraganda u yaqinda operatsiya bo‘lgan edi.

Instagramda ko‘rinmay qolgan Halimaxonim

Halima Ibragimova Instagram’da bir necha oy ko‘rinmadi, u 25-noyabr kuni aloqaga chiqib og‘ir betob bo‘lgani haqida so‘zlab bergandi. 

“Issiq jonmiz, bilib bo‘lmaydi. Ozgina sog‘lig‘imda muammo bo‘lib, chiqa olmay qolgandim. Hozir ancha yaxshiman, davolanish ishlari davom etmoqda. Yaqin kunlarda “Mirzo” teatrining konserti, u yerda rol ijro etishim kerak”, – degan edi aktrisa.

Tahririyat aktrisaning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

Теги :
Jamiyat