$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Bolalarni Haj ziyoratiga olib borish taqiqlandi

Haj

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi 2025-yil mavsumida ziyoratchilarga bolalarni o‘zlari bilan olib kelishlariga ruxsat etilmasligini ma’lum qildi.

Sabab – xavfsizlik

“AzerTAJ” xabarida aytilishicha, har yili Haj vaqtida haddan ziyod ko‘p odam yig‘ilishi munosabati bilan bolalar xavfsizligini ta’minlashda muammolar paydo bo‘lmasligi uchun shunday qaror qabul qilingan.

Shuningdek, mavsumni yanada uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida xavfsizlik bo‘yicha tushuntirish kampaniyasi, muqaddas qadamjolarda harakatni boshqaradigan va tartibga soladigan aqlli tizimlarni amaliyotga joriy etish, qulaylikni oshirish va marosimlar jarayonini osonlashtirish uchun qo‘nalg‘alar va yo‘llarni yangilash kabi yana bir qator yangi chora-tadbirlar joriy etilgan. An’anaga muvofiq, avval Haj ziyoratini ado etmaganlarga ustuvorlik berilishi ham qo‘shimcha qilingan, deyilgan xabarda.

Meningitga qarshi emlash

Bundan avval, Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi saytida e’lon qilingan yangi tartibga ko‘ra, mamlakatga Umra va Haj ziyorati yoki ziyorat davrida mavsumiy ishlash uchun keladiganlardan meningitga qarshi emlanish talab etilishi haqida xabar bergan edik. Unda aytilishicha, barcha mamlakatlardan keladigan 1 yosh va undan katta fuqarolar ushbu kasallikdan emlanganlik haqida sertifikat taqdim etishi kerak edi.

Bekor qilingan tartib

Biroq, ko‘p o‘tmay mazkur talab bekor qilindi. Unga ko‘ra, GACA Saudiya Arabistoniga boruvchi Umra ziyoratchilari uchun yangilangan emlash talablarini belgilagan. Yangi ko‘rsatma o‘tgan oyda chiqarilgan va meningitga qarshi emlashni majburiy qilgan oldingi talabni bekor qiladi hamda Qirollikdagi barcha aeroportlarda faoliyat yurituvchi aviakompaniyalarga, shu jumladan xususiy tashuvchilarga ham yuborilgan.

Теги :
Jamiyat