$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Umra ziyoratchilari uchun meningitga qarshi emlanish talabi bekor qilindi

Umra Умра

Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga boradiganlardan endilikda meningitga qarshi emlanish talab etilmaydi. Bu haqda kecha, 6-fevral kuni Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi (GACA) xabar berdi.

Yangi koʻrsatma 

Unga ko‘ra, GACA Saudiya Arabistoniga boruvchi Umra ziyoratchilari uchun yangilangan emlash talablarini belgilagan. Yangi ko‘rsatma o‘tgan oyda chiqarilgan va meningitga qarshi emlashni majburiy qilgan oldingi talabni bekor qiladi hamda Qirollikdagi barcha aeroportlarda faoliyat yurituvchi aviakompaniyalarga, shu jumladan xususiy tashuvchilarga ham yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur e’longacha Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha Umra hamda Haj ziyoratchilaridan vizalaridan qat’i nazar meningitga qarshi vaksina olishni talab qilgan edi. Ushbu vaksina Saudiya Arabistoniga yetib borishdan oldin uch yil ichida va kelishdan kamida o‘n kun oldin qabul qilingan bo‘lishi kerak edi.

Теги :
Jamiyat