Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +6°

Oʻzbekiston fond bozoridagi deyarli barcha qimmatli qogʻozlar haftani “qizil”da yakunladi

Ushbu bozorda bu haftani faqatgina ikkita kompaniya ijobiy yakunlagan. Shu bilan birga, bir hafta ichida UCI fond indeksi deyarli 2 foizga oʻzgardi.

1 daqiqa o‘qiladi

Oʻzbekiston fond bozoridagi deyarli barcha qimmatli qogʻozlar haftani “qizil”da yakunladi

“Toshkent” respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning deyarli barchasi ortda qolgan haftani salbiy koʻrsatkichda yakunladi.

Ijobiy yakunlaganlar ikkita xolos 

18-oktyabrdan 25-oktyabrga qadar UCI fond indeksi deyarli 2 foizga oʻzgardi. Faqatgina “Hamkorbank” (+12,10 foiz) va “Oʻzmetkombinat” (+5,2 foiz) haftani ijobiy yakunladi. Qolgan barcha kompaniyalarning aksiyalari tushdi. Eng katta pasayish “Turon bank” (-19,25 foiz), “Yangiyoʻl yogʻ-moy” (-15,17 foiz), ”Ipoteka bank” (-14,58) aksiyalarida kuzatildi.

1 haftada 4,6 mingta bitim

21 ta yuqori likvidli aksiyalardan 2 tasi haftani yashil rangda yakunladi. Mazkur davrda “Toshkent” respublika fond birjasida 1,2 trln. soʻmlik 4,6 mingta bitim amalga oshirildi.

Mahalliy fond birjasida xorijiy aksiyalar

Yaqinda tegishli prezident qarori bilan O‘zbekiston mahalliy fond birjasida xorijiy kompaniyalar aksiyalarini sotishga ruxsat berish, shuningdek, o‘zbek firmalariga chet el valyutasida obligatsiyalar chiqarishga ruxsat berishni rejalashtirilgan edi.