Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 94 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

2023-yilda O‘zbekistonga qanday gumanitar yordamlar keldi?

Eng koʻp gumanitar yordam sogʻliqni saqlash sohasiga kelgan.

2 daqiqa o‘qiladi

2023-yilda O‘zbekistonga qanday gumanitar yordamlar keldi?

2023-yilda O‘zbekistonga umumiy qiymati 197 mln. 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib keldi. U asosan besh davlatdan yuborilgan.

Qiymat qariyb 198 mln.

O‘zbekistonga 2023- yil yanvar-dekabr oylarida 30 ta davlatdan umumiy qiymati 197 mln. 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib keldi.

Qaysi davlatlardan?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, gumanitar yordamning asosiy ulushi quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi:

Germaniya (71 mln. 379,4 ming dollar yoki yordamning 36 foizi);

Xitoy (27 mln. 467,6 ming dollar, 13,9 foiz);

AQSh (23 mln. 234,2 ming dollar, 11,8 foiz);

Belgiya (22 mln. 620,2 ming dollar, 11,4 foiz);

Shveytsariya (20 mln. 757,8 ming dollar, 10,5 foiz).

Sohalar kesimida

Kirib kelgan gumanitar yordam sohalar kesimida:

sog‘liqni saqlashga (169 mln. 233,5 ming dollar);

ijtimoiy sohaga (1 mln. 244,4 ming dollar);

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga (943,2 ming dollar);

ta’limga (247,2 ming dollar)

 yo‘naltirilgan.

Qaysi tashkilotlar koʻproq gumanitar yordam olgan?

Yordamlar gumanitar yordam oluvchi tashkilotlar bo‘yicha:

SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga 58,2 foiz;

“Ta’minot va logistika xizmati” unitar korxonasiga 17,2 foiz;

Gematologiya ilmiy tadqiqot institutiga 10,5 foiz;

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondiga 11,2 foiz ulush to‘g‘ri keladi.