$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Gul uchun 8 mlrd: poytaxtda gul ekishdan muhimroq ish yo‘qmi?

gul ekish obodon

Yurtimizda yashil makon mavsumi, hamma daraxt ekish bilan band. Birozdan so‘ng esa ko‘chatlarning katta qismi sug‘orish imkoni bo‘lmagan joylarga ekilgani, aksariyati qurib qolgani haqida eshitamiz. Qo‘shib yozish, ko‘zbo‘yamachilik holatlari esa allaqachon kuzatildi.

Bir daraxtni eplab ekib, uni ko‘kartira olmay yurgan vaqtimizda davlat byudjetidan milliardlar ajratib mavsumiy gullar ekishimiz qanchalik mantiqli?

Vaholanki, gul biron bir normal davlatda ijtimoiy ne’mat o‘laroq qaralmaydi, uni ekish, parvarishlash, saqlash, sug‘orish daraxtga nisbatan bir necha o‘n karraga qimmatga tushadi. Nega bu haqida gapirib qoldi deysizmi? Negaki, Toshkent shahrida gul ko‘chatlarini xarid qilish va ekishga 7 mlrd 920 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda shahar hokimining qarori qabul qilindi.

Zaxira jamg‘arma hisobidan

Hujjatda keltirilishicha, mablag‘ shahar mahalliy budjetining zaxira jamg‘armasi hisobidan ajratilmoqda. Uning bir qismi tumanlar Obodonlashtirish boshqarmalariga taqsimlab berilgan.

Tumanlar kesimida

Jumladan, ushbu maqsad uchun Bektemir tumaniga 50 mln, Mirobod tumaniga 350 mln, Mirzo Ulug‘bek tumaniga 415 mln, Sergeli tumaniga 70 mln, Olmazor tumaniga 400 mln, Shayxontohur tumaniga 240 mln, Yashnobod tumaniga 150 mln, Chilonzor tumaniga 435 mln, Uchtepa tumaniga 110 mln, Yunusobod tumaniga 100 mln, Yakkasaroy tumaniga 300 mln hamda Yangiobod tumaniga 100 mln so‘m ajratilgan.

5,2 mlrd so‘mi Obodonlashtirishga

5,2 mlrd so‘m mablag‘ esa Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan boshqarmalarga, jumladan, Irrigatsiya xo‘jaligi va ko‘kalamzorlashtirish obyektlarini ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga 3,2 mlrd so‘m, Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga 1,5 mlrd so‘m va Hukumat obektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga 500 mln so‘m berilgan.

2023-yilda ham kattagina mablag‘ ajratilgan edi

2023-yilda ham poytaxtda mavsumiy gullar ekish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 6,2 milliard so‘m, gul ko‘chatlari ekish uchun tuman obodonlashtirish bo‘limlariga yana 5,8 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi ma’qullangan edi.

Теги :
Жамият