Gruziyada rus uslubidagi Markaziy Osiyo diktaturasi o‘rnatildi – Mixail Saakashvili
Gruziyada saylov natijalariga bo‘lgan e’tirozlar jiddiy tus olmoqda.
2 daqiqa o‘qiladi

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Gruziya prezidentlik saylovi natijalari bo‘yicha mamalakatda yirik norozilik harakatlari boshlangan edi. Buning ortidan bir qator davlatning yuqori lavozimidagi odamlar o‘z lavozimidan voz kechdi.
Gruziyada Markaziy Osiyo diktaturasi
Qamoqda saqlanayotgan uchinchi prezident Mixail Saakashvili Gruziyada rus uslubidagi Markaziy Osiyo diktaturasi o‘rnatilganligi haqida bayonot berdi. U “qizil chiziqlar buzilgani” haqida ogohlantirdi va muxolifat uchun yagona yo‘l, uning so‘zlariga ko‘ra, “birlik, hujum va yana hujum”dir.
Sobiq prezident muxolifat tarafdorlariga murojaat qilib, “chekinishga joy yo‘q, biz amalda Vatanimizni yo‘qotib qo‘ydik”, dedi.
“Bu odam, saylovlarni “sotib olgan” diktator hamma narsaga tayyor. Siz qanday Yevropa haqida gapiryapsiz?!” - dedi Saakashvili “Gruziya orzusi” partiyasi asoschisi Bidzina Ivanishvili haqida so‘zlar ekan.
Gruziyada qora dushanba
Gruziya prezidenti Salome Zurabishvilining X’dagi postida norozilik harakatlarini “Gruziyada qora dushanba” deb atab post qoldirdi.
“Politsiya va maxsus kuchlar eshiklarni qo‘riqlamoqda, ular ortida “Gruzin orzusi qullari” Konstitutsiyamizni yo‘q qilmoqda va parlamentimizni masxara qilmoqda”, – deb yozgan u.
Lavozimdan voz kechishlar
Shuningdek, “Gruzin orzusi” fraksiyasi rahbari Mamuka Mdinaradze milliarder, “Gruzin orzusi” partiyasining faxriy raisi Bidzina Ivanishvili, hukmron partiya rahbari Irakliy Garibashvili va bosh vazir Irakliy Kobaxidze kutilganidek parlament vakilligidan voz kechayotganini ma’lum qildi.



