Bahodir Jalolovning imzosi bor qo‘lqop kimoshdi savdosiga qo‘yildi
Bu savdoning asl maqsadi esa savobli ish va muhtoj bola uchun yordamdir.
1 daqiqa o‘qiladi

Bu savdoning asl maqsadi esa savobli ish va muhtoj bola uchun yordamdir.
Nega qo‘lqop sotuvga qo‘yildi?
Bahodir Jalolov o‘z imzosi tushirilgan qo‘lqopni kimoshdi savdosiga qo‘yganini ma’lum qildi.
Aslida esa bu ishning ostida savobli ish bor. Ya’ni Bahodir Jalolovning savdoga qo‘yilgan qo‘lqopining evaziga tushgan pul muhtoj bolalar uchun sarflanadi.
Hozir 100 million kerak
Tushgan pullarning katta qismi 13 yoshli Nuraziz Saidov uchun sarflanadi. Nurazizning o‘zi ham sport bilan shug‘ullangan va yaxshi yutuqlarga erishgan, ammo hozir u oqqon degan dard bilan kurashmoqda.
Bundan tashqari, savdo hajmiga qarab muhtoj deb topilgan boshqa bolalar uchun ham hissa ajratilishi aytilgan.
G‘olibga Bahodir Jalolovning o‘zi yutuqni topshirishi mumkin
Auksion g‘olibiga qo‘lqoplarni Bahodir Jalolovning o‘zi topshirishga harakat qiladi, ammo olimpiada yaqin bo‘lganligi sababli imkon bo‘lmasligi ham mumkin. Yana bemor bolalar tarafidan ham minnatdorlik ramzi sifatida qo‘shimcha sovg‘a mavjud.
Savdo boshlangan va boshlang‘ich summa etib 10 ming so‘m belgilangan.



