Global isish inson omili natijasida rekord darajaga chiqdi
Britaniyaning Lids universiteti olimlari 2023-yildagi eng yuqori global isish sababini aniqlashdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaning Lids universiteti olimlari 2023-yildagi eng yuqori global isish sababini aniqlashdi.
Inson bosh aybdormi?
Tekshiruvlarga qaraganda, 2023-yilda inson faoliyati natijasida iqlim isishi 1,3 C ni tashkil etgan, umumiy isish hajmi esa yiliga 1,43 C ga oshgan - bunda El-Nino iqlimiy fenomeni va boshqa tabiiy omillar ta'sir etgan.
Shuningdek, antropogen isish misli ko'rilmagan darajada tezlashib bormoqda, uning tezligi so'nggi o'n yillikda (2014-2023 yillar) taxminan 0,26 C ga yetgan.
Zararli issiqxona gazlari
Iqlimning shiddat bilan o'zgarib isib borayotganligining asosiy sabablaridan biri bu o'ta yuqori hajmdagi issiqxona gazlari (yiliga 53 mlrd tonna CO2 ekvivalentida) chiqarilayotganidir.
Universitet taqdim etgan ma'lumotlarga qaraganda, qolgan uglerod balansi atigi 200 mlrd tonnani tashkil etmoqda, ya'ni dunyo sanoat davrigacha bo'lgan darajadan 1,5 C yuqori global isish bilan to'qnashishi uchun 5 yil qolmoqda.



